Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar p f. f d., (PhD) dotsent N. T. Тоsheva


Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir


Download 0.57 Mb.
bet9/10
Sana07.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-маъруза (2)

Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir.
  • Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qoʻyilib, axloq - odob qoidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat.
    • Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum boʻlgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni hikoya, leksiya, suhbat, disput.
    • Hikoyava leksiya - bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi.
    • Hikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qoʻllaniladi, u uzoq vaqt choʻzilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi.
    • Leksiya katta yoshdagi bolalariga qoʻllaniladi, vaqti uzoqroq boʻlib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanium, doʻstlik, yaxshilik) ni ochib beradi.
    • Suhbat va disput - dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlash muhim. Suhbat - bu savol - javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki, savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin.
    • Oʻsmirlar uchun disput metodi qoʻllanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi.
    • Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning toʻgʻriligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash. Agar ishontirish bola ongini «programmalashtirilsa, mashq qilish bilim-koʻnikma va malakalarini shakllantiradi».
    • Mashq qilish oxir - oqibatda bolalarda odob - axloqni shakllantirishi uchun zarur.
    • Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur boʻlgan koʻnikma va odat hosil boʻlib, mustahkamlanishga qadar boʻlgan koʻp marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Koʻnikma va odatlarning shakllanishi quyidagi usullardan iborat: vazifani qoʻyish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uygʻotish, amalda qilib koʻrsatish, amalliy mashqni tashkil qilishi, talab qoʻyishi, talabni bajarishni zslatish va uniig bajarilishini kuzatib borish. Malaka va odat oʻrtasida ma’lum distansiya bor. Bu malakani shakllantiramiz keyin ma’lum vaqt muntazam mustahkamlab borib, uni odatga aylantiramiz.
    • Mashq qilishi metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini oʻyin shaklida tashkilqilishi orqali oshadi.
    • Mashq qilishi va ishontirish metodlari oʻzaro chambarchas boqliq..
    • Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korreksiya metodlari tashkil qiladi, unga ragʻbatlantirish va jazolash metodlari kiradi.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling