Ijtimoiy pedagogika fan sifatida “Ijtimoiy”


Ijtimoiylashuv vositalari


Download 148.95 Kb.
bet7/26
Sana01.11.2023
Hajmi148.95 Kb.
#1736705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
munojat kitobi

Ijtimoiylashuv vositalari.Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha bo`lgan), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari-muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanishlar kiradi.
Har bir jamiyat, davlat va ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar, man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida insonning xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga nisbatan moslashtiriladi.Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalaridan biri muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida shu narsa aniq bo`ldiki, turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlandi.
Bolaning me’yorida rivojlanishini eng muhim shartlaridan biri bu muomaladir. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi:
-go‘daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
-ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
- o‘smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari.Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar uning moshlashuvida muhim o‘rin tutadi. Ular ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli xilda bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlar, tengdoshlar, qo‘shnilar agent bo‘lishi mumkin. Yoshlik davriga kelib agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishi mumkin. Ijtimoiylashuvda tutgan o‘riniga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir ko`rsatadigan va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼnoda bo`lsa-davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi ,holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligidir. Uning asosiy maqsadi shundan iboratki, aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qatlamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iboratdir. Ijtimoiy himoyaning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; isteʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj va kam taʼminlangan qismiga pensiya va nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.



  1. Download 148.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling