Ijtimoiy pedagogika fani haqida tushuncha
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari
Download 297.29 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayxon Beruniy
- Abu Ali ibn Sino
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.
Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq uyg’onishi davri olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi asosida to’planganligidadir. yetuk olimlarning faoliyat xarakteri- ilm bilan mashg’ul bo’lish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Buyuk olim Al-Xorazmiy (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qulgakiritilishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning faola’zosiga aylanishini ta’kidlagan. Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar o’z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq etishgan. Bu avvalambor ular ta’limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo’lishida deb bilganliklarida namoyon bo’lgan. Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g’oyalari hozirgacha muhimligini saqlab qolgan. Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o’z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Biz uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari muhim hisoblanadi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar: -asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi; -amaliyotni tajriba bilan bog’lash; -qabul qila olishlik; -ko’rgazmalilik. Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim: Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish. Musobaqalashuv elementidan foydalanish. O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro tushunish, o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish. Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta’lim maqsadini sharhlashlarida o’z ifodasini topgan. SHaxsning jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishini ta’minlab beruvchi eng muhim xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, g’urur, vijdon, yaxshi niyatlilik, sabrni bilishgan. O’quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratib, Forobiy va ibn Sino yoshlarning jamiyatga “kirish”larining eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni hisoblashgan. Ijtimoiy tarbiyada o’qituvchiga yetakchi o’rin ajratib, Forobiy uning faoliyatini, jamiyatning kelajagi unga bog’liq bo’lgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy ham ibn Sino kabi pedagog o’quvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga e’tibor berish lozimligiga ishora qilgan. Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta e’tibor berishgan hamda o’zlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqe’ga erishganlik namunasi bo’lib xizmat qilishgan. Forobiy nihoyatda mehnatsevar, irodali, kamtar, sodda bo’lgan va doim yordamga intilgan. Forobiyning o’quvchilarning individual psixologik va aqliy xususiyatlariga mos tushuvchi ta’limni usuli, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlari hozir ham katta ahamiyatga ega. O’rta Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o’rnini tushunishlari shunda namoyon bo’ldiki, ular ijtimoiylashuvining mikroomillar-muhit, oila, o’quvchilar guruhiga e’tibor karatganlar va ota-onalar, pedagog va o’quvchining harakatlarini mujassamlashtirishni maslahat berganlar. SHunday qilib, o’rta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganlikga ega katta pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi. Download 297.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling