Ijtimoiy pedagogika fani haqida tushuncha
Download 297.29 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy pedagogikada shaxs
Ijtimoiy falsafa — jamiyat va inson muammolari, insonning jamiyatdagi o‘rni, munosabatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari ijtimoiy adolatlilik va insonni ximoya qilish, insonning ijtimoiy muhitdagi o‘rni, insonning jamiyatdagi o‘rni kabilardir. Uning vazifasi, nazariy tomondan jamiyat rivojlanish jarayoni va undagi insonning o‘rnini talqin qilishdir. Jamiyat va shaxs — ijtimoiy falsafaning asosiy muammosi, hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda shaxsning rivojlanishi, uning jamiyatdagi bog‘liqligi va jamiyatning insonlarga bog‘liqlik masalasidir.
Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta’siri va boshqalar. Falsafa ham, pedagogika ham inson va davlat, inson va avlod, inson va oilaning bir —biriga ta’siri, bu jarayondagi shaxsning rivojlanishi, uni shakllanishini o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogikaning masalalaridan biri —bu shaxs va muhitning munosabatlaridir. Hozirgi zamon sharoitida bizning mamlakatda ijtimoiy falsafa jamiyatdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni aks ettiradi, yangi siyosiy, iqtisodiy, oilaviy, milliy va diniy munosabatlar shular jumlasidandir. Hozirgi zamon oilasi, undagi tinchlik, maktab va ta’lim, yoshlar va jamiyat, shahar va tabiat, bozor va byudjet, milliy munosabatlar yangicha fikrlash va tushuncha xosil qilishni taqazo etadi. Chunki bu muammolar markazida shaxs, inson taqdiri turadi ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va ta’limiy muammolarning o‘zaro mutanosibligi hisoblanadi Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogikaning o‘zaro aloqasini, ulardagi umumiylikni biz nimada ko‘rishimiz mumkin? Ijtimoiy falsafa — inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarining asosiy muammolarini aniqlaydi, ijtimoiy pedagogika esa bo‘ muammolarning bir qismini bartaraf etishda muhim rol o‘ynaydi. Bu muammolar: shaxs va muhit, shaxs va ta’lim, shaxs va oila, shaxs va ma’naviy madaniyat, shaxs va uning ijtimoiy mehnatga tayyorgarligi va ishtirokidir. Shunday qilib hozirgi zamon sharoitida inson va tabiat deb atalmish ijtimoiy — falsafiy muammo juda muhim bo‘lib turibdi. Ijtimoiy pedagogika o‘zgarayotgan muhitning shaxsni shakllanishiga ta’sirini, yangi jamiyatda o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim berish ijtimoiy muammosi qanday hal qilinayotganini taxlil qiladi. Ijtimoiy falsafa ijtimoiy pedagogikaga nisbatan metodologiya hisoblanadi. Zotan jamiyatning ijtimoiy muammolari mavjud ekan, ular ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xodimga yordam berishga da’vat etilgan.Ijtimoiy falsafa o‘zida jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiradi. U inson oldida turgan ijtimoiy, maishiy, iqtisodiy, tabiiy, huquqiy muammolarni hal etish bilan birga psixologik vapedagogik muammolarni ham bartaraf etishga sharoit yaratadi. Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab —quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi. Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir. Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagisingari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi. Download 297.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling