Ijtimoiy pedagogika fani haqida tushuncha


Download 297.29 Kb.
bet7/18
Sana26.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1123662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
1-Mavzu

Методни қўллаш шартлари



1. Ҳар бири 5 ёки 6 нафар талабани ўз ичига олган гуруҳларга 15 дақиқа ичида ижобий ҳал этилиши лозим бўлган турли топшириқ ёки ижодий вазифалар берилади.

2. Топшириқ ва ижодий вазифалар белгиланган вақт ичида


ижобий ҳал этилгач, гуруҳ аъзоларидан бири ахборот беради.

3. Гуруҳ томонидан берилган ахборот (топшириқ ёки ижодий вазифанинг ечими) ўқитувчи ва бошқа гуруҳлар аъзолари томонидан муҳокама қилинади ва унга баҳо берилади.

4. Машғулот жараёнида гуруҳ аъзоларининг фаолиятлари
уларнинг иштироклари даражасига кўра баҳолаб борилади.

5. Машғулот якунида ўқитувчи берилган топшириқ ёки


ижодий вазифаларнинг ечимлари орасида энг яхши ва ўзига
хос деб топилган жавобларни эълон қилади.




4-Mavzu:
QADIMGI DAVRLARDA O’ZBEKISTONDA VA XORIJDA IJTIMOIY PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI.
Tayanch tushunchalar: Antik davrda ijtimoiy pеdagogikaning rivojlanishi, ijtimoiy-pеdagogik g`oyalarning rivojlanishi. «Avеsto» va adabiy manbalarda ijtimoiy-pеdagogik g`oyalar. O`rta asrlarda O`rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy- pеdagogik g`oyalari. XVIII-XIX asr ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-pеdagogik qarashlari. XX asr boshlarida ijtimoiy-pеdagogik faoliyat. II jahon urushi yillarida ijtimoiy- pеdagogik faoliyat. O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri. Sharq mutafakkirlari, ijtimoiy pedagogik fikr, jamiyat va shaxs.
REJA:


  1. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.

  2. O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi

  3. O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari.

  4. O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy- siyosiy va huquqiy asoslari


Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligibuyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z tasdig’ini topgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining Birinchi bosqichi- qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan.
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug’ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya
jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.
Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiy- pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir.
SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.
SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling