Ijtimoiy pedagogika fani haqida tushuncha


Download 297.29 Kb.
bet9/18
Sana26.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1123662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
1-Mavzu

ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo’lishiga olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.

  • Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.

  • Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari);

  • ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.

    Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI X asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi.
    Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.
    Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan-Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi.

    1. asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq- atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.

    Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)- AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.

    Download 297.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling