Ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
Download 6.68 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari
Ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalariReja:1.Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari2.Ijtimoiy faoliyat tushunchasi va uning yoʻnalishlari3.Ijtimoiy taʼlim va tarbiyaIjtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari Hammamizga ma’lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta’lim”, “tarbiya”, “ma’lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta’lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan. Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega. ▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, ▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, ▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi. ▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish, ▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi: 1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar. 2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta’lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy sohada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan. Keling endi olgan bilimlarimizni mustahkamlaymiz.Sizga berilgan krossvordni jamoa bilan birgalikda toʻldiring 1.Ijtimoiy pedagogik faoliyat xususiyatlaridan biri bolalar ___dagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. 2.Muhit sharoitlariga muvaffaqqiyatli koʻnikish bu - … 3.Ijtimoiy sohada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik koʻrish jarayoni qanday nomlanadi? 4.Insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon? 5.Talim tarbiya vositasida oʻquvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdorishga qaratilgan kasbiy faoliyat bu _____faoliyatdir. 6.7.Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida tadqiqotlar olib borgan olimlar? 8.Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy ____i? 9.Insonning butun hayoti mobaynida oʻz-oʻzini oʻzgartirish va rivojlantirishining boshqariladigan va maqsadga yoʻnaltirilgan jarayoni? Download 6.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling