Ijtimoiy pedagogika tushunchasi. Mustaqillik davrida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlar bilan aloqadorligi


Download 89.37 Kb.
bet10/15
Sana19.06.2023
Hajmi89.37 Kb.
#1625207
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kirish. Ijtimoiy pedagogika tushunchasi Asosiy qism

empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. SHaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslaming ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;
qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi.
ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o’z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. YOsh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo’llashadi.
fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo’ladi:
imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak bo’ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish.
taqlid-biror bir namunaga o’xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir.

Download 89.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling