XX asr boshlarida esa mashxur nemis faylasufi Paul Natorp jamiyatning barcha tarbiyalanuvchi kuchlarini bir butun, yaxlit xolga keltirish (birlashtirish) g`oyasini o`rtaga tashladi. Bundan ko`zlangan maqsad halq orasida madaniyat va maorifni keng tarqatish, umumpedagogik ma’lumot berish edi. XX asr boshlarida esa mashxur nemis faylasufi Paul Natorp jamiyatning barcha tarbiyalanuvchi kuchlarini bir butun, yaxlit xolga keltirish (birlashtirish) g`oyasini o`rtaga tashladi. Bundan ko`zlangan maqsad halq orasida madaniyat va maorifni keng tarqatish, umumpedagogik ma’lumot berish edi. Shuningdek, u tarbiyalovchi ittifoqlar, ya’ni – «fuqoralar ittifoqi» ni tuzishga chaqirdi. Ushbu ittifoqlar uning fikricha yuqorida aytilgan rejalarni amalga oshirmog`i lozim edi. Mana shu faoliyatlarning barchasini u ijtimoiy pedagogika deb atadi
Paul Natorp (1854-1924) ijtimoiy pedagogkani umumiy pedagogikaning bir qismi, ob’ekti sifatida qaraydi.
Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.
G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish g’oyasiga asoslanadi.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi.
Vilgelm Lay “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o’zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |