Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet114/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Ijtimoiy tengsizlik

Ijtimoiy tengsizlik deviant xulqning yana bir asosiy sabablaridan biridir. Har bir insonning fundamental, asosiy ehtiyojlari juda o‘xshash bo‘ladi, biroq ularni qondirish imkoniyati turli ijtimoiy qatlam vakilllari (o‘ziga to‘qlar va nochorlar)da turlichadir. Bunday shart-sharoitda qo‘li kalta kishilar mol-mulkni har xil ko‘rinishda tasarruf qilayotgan boylarga nisbatan o‘zlaricha deviant xulqqa “ma’nan haqli” bo‘ladilar. Bu nazariya, masalan, bolsheviklarga quloqlarni surgun qilish, qamash, otish, mol-mulkini musodara qilishda juda qo‘l kelgan.

Deviant xulq namoyon bo‘lishining oldini olishda ijtimoiy nazoratning ahamiyati kattadir. Ijtimoiy nazorat – bu, bir tomondan ijtimoiy regulyasiya mexanizmi, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish usul va vositalari majmui bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ulardan foydalanishning ijtimoiy amaliyotidir. Ijtimoiy nazorat ikki unsurdan – ijtimoiy me’yor hamda ijtimoiy sanksiyadan tarkib topadi. Ijtimoiy me’yor-inson xulq-atvorini yo‘naltirib turadigan, jamiyat a’zolari tomonidan ma’qullanadigan, huquqiy jihatdan belgilab qo‘yilgan qoida va namunalardan iborat. Ijtimoiy sanksiya esa kishilarning mavjud me’yorlarga amal qilishini rag‘batlantiradigan jazolash va taqdirlash vositalaridir.

Ma’rifatli, bilimli, keng dunyoqarashli bo‘lish bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilik xulqi kelib chiqishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumot darajasining pastligi yoshlarda jinoyatchilik darajasi yuqoriligiga sabab bo‘layotgani kuzatiladi. Salbiy xulqqa ega bo‘lgan bolalarda o‘qishga nisbatan qiziqish sust, maqsadli faoliyat yo‘q, o‘z kelajagi haqida o‘ylash, biror mutaxassislikni egallashga nisbatan intilish sezilmaydi. Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida a’lo bahoga o‘zlashtirayotganlar deyarli uchramsaligining asl sababi ham shunda.




Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling