Siz kimning fikrini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?
2-masala: Rus tili fani o‘qituvchisining darsi o‘quv jadvali bo‘yicha birinchi smena to‘rtinchi soat edi. O‘qituvchi sinf xonasiga kelsa, sinfda yaxshi o‘qiydigan olti nafar o‘quvchilar o‘zaro gapirishib o‘tirganini ko‘rdi. Ulardan o‘quvchilarning kelmaganlik sababini so‘raganida, uchinchi soatda jismoniy tarbiya darsi bo‘lmaganini va o‘quvchilar keyin darsdan qochib ketganligni aytishdi. O‘qituvchi qolganlarga mavzuni tushuntirdi va uyga topshiriq berib, ketaverishi mumkinligini aytdi. Keyingi kungi darsda qochib ketgan o‘quvchilar topshiriq mavzusi bo‘yicha to‘liq javob bergan bo‘lsa ham «ikki» baho qo‘ydi. O‘qituvchi to‘g‘ri ish qildimi? Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |