Jinoiy xulh-atvor — jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘atishga asos bo‘luvchi g‘ayri huquqiy harakatlar.
Ijtimoiylashuv — insonning butun hayoti mobaynida o‘z- o‘zini o‘zgartirish va rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni.
Ijtimoiy tarbiya — bolaning muvafaqqiyatli ijtimoiy- lashuviga yordam beradigan hamda unda ijtimoiy zarur sifatlarni shakllantirishga qaratish maqsadida amalga oshiriladigan jarayon.
Insoniylik — bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g‘ururi va erkinligini himoyalash bilan tavsiflanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlar “baholashning asosiy me’yori“ deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.
Infantilizm organizmning ruhiy rivojlanishidagi to‘xtab qolish bo‘lib, bolalik davridagi rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan tavsiflanadi.
Inqiroz — shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan hayotiy faoliyatining to‘xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptasiya, o‘z joniga qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ishontirish — mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emosional ta’sir. Uning mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan. Demak, ishontirishning muvafaqqiyatli bo‘lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog‘liq. Ishontiruvchi so‘zlar tushunarli bo‘lishi kerak. Ishontirish bolaning individual tajribasiga asoslanishi lozim.
Ichki ishonch — axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat, xulq-atvorni o‘zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontiriishing samaradorligi ishontiruvchi shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek, ular o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |