Ijtimoiy pedagogika
Download 440.66 Kb.
|
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan, avvalo, ota-onalarga maslahat berish, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy vaziyatlar yaratish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash) qilish. Ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash oilada qisqa muddatli inqiroz davrida, oila a’zolari turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotganlarida amalga oshiriladi. Buning uchun ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab- quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa, u nihoyatda samarali bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilish orqali muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarini nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarni aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan shug‘ullanadi. Shaxslararo munosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyasi, asosan, oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llaniladi. Ruhiy zo‘rlik bolaning asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, bunda oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994 yildan boshlab 15 mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishilganligini o‘zi ham bu masalani xalqaro miqiyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi oilalarning mustahkamligi va tinchligiga asos bo‘lgan. Shu bois mamlakatimizda 1998 yil “Oila yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”, 2016 yil “Sog‘lom bola va ona yili” deb e’lon qilinganligi hamda Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanishi davlatimzdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan amaldagi sa’y-harakatlarning yaqqol na’munasidir1. Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak nasl qanday bo‘lib yetishishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini o‘taydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi.
Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling