Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet101/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”) - o‘rnatilgan me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq- atvor.

  • Dinamik steriotip - bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo‘lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo‘ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko‘nikmalari kiradi.

  • Degradasiya – (fransuzcha degradation) – doimiy yomonlashish, og‘irlashish, tushkunlik, harakatning orqaga ketishi.

  • Yetim bolalar — 18 yoshgacha bo‘lgan, turli sabablar bilan ota-onasining biri yoki ikkisi ham yo‘q bolalar.

  • Yetimlik — jamiyatda ota-onasidan judo bo‘lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan ijtimoiy hodisa.

  • Jamoa — ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.

  • Jinoyat — delinkvent xulq-atvor turi bo‘lib, shaxsga hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan ob’yektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli xatti-harakat.

  • Jinoiy xulh-atvor — jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘atishga asos bo‘luvchi g‘ayri huquqiy harakatlar.

  • Ijtimoiylashuv — insonning butun hayoti mobaynida o‘z- o‘zini o‘zgartirish va rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni.

  • Ijtimoiy tarbiya — bolaning muvafaqqiyatli ijtimoiy- lashuviga yordam beradigan hamda unda ijtimoiy zarur sifatlarni shakllantirishga qaratish maqsadida amalga oshiriladigan jarayon.

  • Insoniylik — bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g‘ururi va erkinligini himoyalash bilan tavsiflanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlar “baholashning asosiy me’yori“ deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.

  • Infantilizm organizmning ruhiy rivojlanishidagi to‘xtab qolish bo‘lib, bolalik davridagi rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan tavsiflanadi.

  • Inqiroz — shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan hayotiy faoliyatining to‘xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptasiya, o‘z joniga qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

  • Ishontirish — mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emosional ta’sir. Uning mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan. Demak, ishontirishning muvafaqqiyatli bo‘lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog‘liq. Ishontiruvchi so‘zlar tushunarli bo‘lishi kerak. Ishontirish bolaning individual tajribasiga asoslanishi lozim.

  • Ichki ishonch — axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat, xulq-atvorni o‘zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontiriishing samaradorligi ishontiruvchi shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek, ular o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq.


  • Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling