Ijtimoiy pedagogika
Download 440.66 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv funksiyasi.
- Xo‘jalik-maishiy funksiya.
- Tarbiyaviy funksiya.
- Psixoterapevtik funksiya.
Iqtnsodiy funksiya. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun moddiy mablag‘lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag‘larini to‘plash iqtisodiy funksiyaning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to‘plash, mulkka ega bo‘lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasi faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv funksiyasi. Oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-ona va bolalarning tabiiy-biologik hamda ijtimoiy aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o‘rganadi. Xo‘jalik-maishiy funksiya. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holati bir maromda ushlab turiladi, kasallar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilinadi. Ilm-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bizning asrimizda oilaning kundalik yumushlari (ovqat pishirish, uy tozalash, kir yuvish, kiyim tikish va boshq.) maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari zimmasiga yuklatilmoqda. Tarbiyaviy funksiya. Biz bu funksiyani alohida ajratib ko‘rsatamiz. chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bola shakllanishiga atmosfera va iqlimning ham ta’siri bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Yuqorida, “Tarbiya ijtimoiy institut sifatida” deb nomlangan qismda, tarbiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida to‘liq to‘xtab o‘tgan edik. Psixoterapevtik funksiya. Bu funksiya oilada barcha oila a’zolari o‘zini qulay sezishi lozimligida namoyon bo‘ladi. Psixologlar, sosiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra, inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanar ekan. 5.3. Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o‘rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o‘rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin, ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog‘, tomorqadagi ishlarga jalb qilish yo‘li bilan hal etish mumkin. Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng, ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitasion dastur variantlarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzish ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek, oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi. “Xarita”ning ilovasida “oilada bola tarbiyasini o‘rganish” deb nomlangan qism ham mavjud bo‘lib, unda ota-onalar bola bilan qancha va qanday vaqt o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratliligi, ota-onalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday murojaat qilishi, unga nima yoqish-yoqmasligini aniqlashi lozim. Ijtimoiy pedagog, birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar mavaffaqiyatsiz oilalar qatoriga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar, o‘qishni hohlamaydigan bolalar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, fohishabozlik, giyohvandlik, daydi bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi - inqirozli vaziyatlarni hal qilish. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda quyidagi asosiy rollarni bajaradi: Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling