Muloqot mavzui va yo`nalishiga
ko`ra:
Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib
chiqadigan).
Muloqot mavzui va yo`nalishiga
ko`ra:
Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish
jarayonidagi muloqot).
Muloqot murakkab jarayondir. Uning
tuzilishi quyidagicha
Muloqotning kommunikativ tomoni ―
muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi
ma’lumot almashinuvi jarayoni.
Mulo`qotning interaktiv tomoni ―
muloqotga kirishuvchilarning xulq-
atvoriga ta’siri.
Muloqotning perseptiv tomoni ―
muloqotga kirishuvchilarning bir-
birlarini idrok etishlari va tushunishlari
bilan bog`liq bo`lgan murakkab
psixologik jarayon.
Muloqotning har bir tarkibiy qismi
bilan alohida tanishib chikamiz.
Muloqotning kommunikativ tomoni
Mulokotning kommunikativ tomoni
― shaxslararo axborotlar, bilimlar
g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu
jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
Yozma-ogzaki, monologik-dialogik
nutq.
Diologik nutqning mazmuni,
xarakteri, davomiyligi muloqotga
kirishgan shaxslarning shaxsiy
qarashlariga, qizikishlariga, bir-
birlariga bulgan
munosabatlariga,maqsadlariga
bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-
o`quvchi, siyosiy rahbarlarning,
diplomatlarning, dugonalarning
suhbati bir-biridan farq qiladi.
Muloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga
amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam
berish, bir – birlaridan o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator
qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o`zini
tasavvur qilishdir, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Masalan:
guruhdoshingizdan biriga ko`ylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga
aytsam kuyyapti deb o`ylaydi deysiz.
Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha
demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat sohasidagi islohotlar
yoshlarda o’z xalqining madaniyati, Vatanning o’tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to’g’ri
munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi va bu- ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur
fazilatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |