Ijtimoiy psixologiya metodlarini o’ziga xosligi. Ijtimoiy psixologiya metodlari. Ijtimoiy psixologik testlar


Download 23.95 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi23.95 Kb.
#1483675
1   2   3
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYASI METODOLOGIYASI

Proektiv metodlar. Ular test usullarining bir ko’rinishi xisoblanib, ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirigi beriladi. Binobarin, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan xikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud emas buyumlar, yog’ochlar berilishi, yoki ularga qarab tekshiriluvchi o’zining xissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baxolashi kutiladi.
Proektiv usullar qatoriga mashxur "Rorshaxning siyoxdog’lari" testini kiritish mumkin (1921 i.). Bu - ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo’lib, xar bir dog’xar xil bo’yoqli fonda ko’rsatiladi. Tekshiriluvchidan xar bir "dog’"nimaning shaklini eslatishi so’raladi. Uning og’zidan chiqqan so’zlar, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-taxlil qilib), shaxs xususiyatlari yuzasidan xulosa chiqariladi.
Yana bir proektiv usul - bu S. Rozentsveygning rasmli assotsiatsiyalaridir. Bunda turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tek­shiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan xolda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxs esa xali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiriluvchidan tekshiruvchi tez, qisqa muddat ichida bo’sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozishni so’raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo’nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, jaxolat xissining xususiyatlari, bu xisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash muxim faktlar to’planadi.
Shunday qilib, biz ijtimoiy psixologiyada an’anaviy qo’llanib kelinayotgan asosiy metodlarga to’xtalib o’tdik. Lekin xozirgi davrda xaet fandan tatbiqiy xususiyatga ega bo’lishini talab qilayotganligi tufayli bu qatorga bir turkum metodlarni kiritish lozimki, ular ijtimoiy psixologiyadagi faol tayyorgarlik metodlari deb ataladi. Ularga ijtimoiy psixologik treningning barcha shakllari kiritiladi (xar birining batafsil tafsiloti keyingi mavzularda bayon etiladi). Ular o’z moxiyatiga ko’ra, shaxs va guruxning ma’lum sifatlarini shakllantiruvchi eksperimentni eslatadi. Lekin ularning faol metodlar toifasiga kiritilishiga asosiy sabab - bu usullar yordamida qisqa fursatda bevosita muloqot sharoitida kutilayotgan samaraga erishilishidir. Ya’ni taxlil qilib chiqilgan metodlardan farqli o’laroq, faol ijtimoiy psixologik metodlar shaxsda yoki guruxda shakllangan xususiyatlarni qayd qilish emas, balki tarkib toptirish lozim xislatlarni amaliyotchi psixolog yoki ijtimoiy xodimning faol aralashuvi orqali xosil qilishga qaratilgandir. Ijtimoiy amaliyot soxasiga kirib kelayotgan ushbu metodlar turkumi tafsilotiga keng o’rin berilgan.

ADABIYoTLAR:



  1. Karimova V.M., «Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot», Toshkent, 1999.

  2. Andreeva G.M., «Sotsialnaya psixologiya», M., 1999 g.

  3. Karimova V.M., Akramova, «Psixologiya», T., 2000 yil.

Download 23.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling