Ijtimoiy psixologiya
Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adaptatsiya
- Taqlid qilish
Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar
Ijtimoiylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy m aktablar turlicha tahlil qilganlar: 1) neobixeviorizm namoyandalari ijtimoiylashuv — bu ijtimoiy o‘rganishdir; 2) interaksionizm vakillari ijtimoiy o‘zaro ta ’sirlar natijasi; 3) gum anistik psixologiya vakillari esa «Men» konsepsiyasining namoyon bo‘lishi deb ta ’riflaganlar. Ijtimoiylashuv serqirrajarayon bo‘lib, yuqorida psixologiyaning ilmiy m aktablari nam oyandalari tom onidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina asosiy urg‘u beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoiy lashuv m uam m osini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dis- pozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslararo munosabatlarga kirisha olish darajasiga bog‘liq boigan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizim ini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini o ‘z ichiga qam rab oladi. U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adap- tatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish. Adaptatsiya — shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayot- gan m uhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi. Shaxsning ijtimoiylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri K. Frommdir ldentifikatsiya — mdivid tom onidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy m e'yorla- rini o ‘zida qayta tiklashi (o’ziniki qilib o‘zlashtirish). Taqlid qilish — individ tom onidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o ‘zlashtirish). Ishonish — individ tom onidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyo- qarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish). Shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiylashuv m exanizm lari m uhim o‘rin tutadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, am erikalik Uri Bronfentrener, rus olim iaridan V.S. Muxina va A.V. Petrovskiy- larning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltirilgan. l.P. Podlosiyning ta ’rifi bo'yicha, ijtimoiylashuv m exanizm lari quyidagilardan iborat: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling