Ijtimoiy psixologiya


I.P. Podlosiy ta’rifi bo‘yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

7. I.P. Podlosiy ta’rifi bo‘yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari 
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
a) adaptatsiya, taqlid qilish va bostirish m exanizm i
b) ajratish mexanizmi, bostirish m exanizm i va adaptatsiya
c) o‘z-ozini cheklash m exanizm i, taqlid qilish va loyihalash
d) o ‘z-o ‘zini cheklash, loyihalash va bostirish m exanizm lari
8. G.M.Andreyevaning fikriga ko‘ra shaxs shakllanishi qaysi 
sohalarda amalga oshadi?
a) o‘yin, faoliyat, muloqot
b) faoliyat, muloqot, o‘z-o ‘zini anglash
c) ta iim , muloqot, faoliyat
d) muloqot, faoliyat va tarbiya
9. Rus sotsiologi N. Andreyenkova fikriga ko‘ra ijtimoiylashuv 
jarayoni necha bosqichdan iborat?
a) 3
b) 4
c) 2
d) 5
10. Inson faolligi — bu ...
a) insonning jamiyatga o ‘z faoliyati orqali ta ’sir etuvchi tav- 
sifsi
b) jam iyatning insonga ta ’sir etuvchi tavsifsi
c) ijtimoiy tajribani qabul qilishi, singdirishi
d) o‘z xatti-harakatlarini boshqara olishi


S H A X S N IN G IJ T IM O IY U ST A N O V K A L A R I
Ijtimoiy ustanovka tushunchasi
Psixologiya fanida shaxsning xulq-atvori va faoliyatga qaratil- 
gan anglanilmagan mayllari orasidagi bogiiqlik muayyan dara- 
jada tadqiq etilgani ustanovka borasidagi muammolarga tegish- 
lidir. Ustanovka inglizcha set so‘zidan olingan boiib, ko‘rsatma 
berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish m a’nolarida 
qo‘llanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samara- 
li usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisba­
tan m a’lum bir munosabat mavjud bo'lsa, bu munosabat biz- 
ning his-tuyg‘ularim iz va harakatlarim izda ifodalanishi bizning 
ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir. Masaian, bizda biror-bir millat 
yoki xalqqa tegishli bolgan m a’lumotlar asosida ularni dangasa, 
tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo‘lsa, o‘sha xalqning istal- 
gan vakilini ko‘rganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuyg‘u 
paydo bo‘ladi va bu harakatlarim izda ham aks etadi. Ba’zi ja- 
moa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanish, ishonish ba’zi 
noxush oqibatlarga olib keladi. Demak, ustanovka — insonning 
o ‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his-tuyg‘ularini namoyon qilishi 
yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo‘ladimi? Bu 
savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy m a’lumotlarni bilish asosida 
javob berishga harakat qilamiz.
Bir qarashda «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushun­
chasi bir-biriga juda yaqin va o'xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, 
yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushun- 
cha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, bularni 
bir-biridan ajratgan holda ta'riflash ham juda mushkul. Lekin 
fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtayi naza- 
ridan, shuningdek, ustanovka m uam m osining umumiy psixologi- 
yadagi va ijtimoiy psixologiyada tutgan o‘rni va o ‘ziga xos vazi- 
falarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» 
tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanov-


ka m uam m osini yanada chuqurroq, yanada m ukam m alroq 
o ‘rganishga xizmat qiladi.
Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetm agan m uayyan ruhiy 
holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni 
qondirish m um kin bo‘lgan m a’lum faoliyatga nisbatan ruhan 
tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm- 
rusum lar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun 
anglanilm agan ustanovka o ‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda 
e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilm agan om illar tariqasida aks 
etadi. Ustanovka — insonning o‘zi bilm agan holda yon-atrofida- 
gi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosa- 
bat bildirishidir. Ustanovka — bu faoliyatga m ustaqil tayyorlikdir. 
Ustanovka — insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon 
etishga ruhan tayyorlik holatidir.
U stanovka uzoq vaqt davom ida shakllanadi va u inso n n in g
q ad r-q im m ati bilan uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo£nalganlik», 
«tayyorlik» kabi m azm u n n i anglatuvchi, bir-biriga o ‘xshovchi 
«ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tu sh u n ch alarin i b ir-b iri- 
dan farqlash lozim ligi ko‘pchilik o lim lar to m o n id an qayd etil- 
gan.
Um um iy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyekt- 
ning m a’lum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu 
ikki xil omilga bog‘liqligi ta ’kidlanadi: birinchisi, subyektning 
ehtiyojlari bo‘lsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz 
psixologiya sohasidagi barcha m uam m olarni ijtimoiy psixologik 
nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, 
balki ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga doir m a’lum otlarni 
tahlil qilamiz.
Ijtimoiy psixologiyada esa shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik 
tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy 
ustanovka (ingl. social attitude) — insonning boshqa kishilarga, 
ijtimoiy guruhlarga, tashkilotlarga, jam iyatda yuz berayotgan ja- 
rayonlarga, voqea-hodisalarga bo‘lgan barqaror munosabatdir. 
Barcha mutaxassislar bir fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovka-


larni o‘rganish shaxsni tushunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik 
yondashuvdir.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling