Ijtimoiy psixologiya
affektiv qismi (emotsional)
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bilish funksiyasi.
- 3. Moslashtiruvchi funksiya.
- Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida o‘rganiIishi
affektiv qismi (emotsional)
— o‘sha obyektni hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tom onidan bajarilayotgan) yoki po- tensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qam - rab oladi. Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jam iyat da bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir: 1. Bilish funksiyasi. M azkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyekt- lar haqidagi bilim larni operativ qabul qilish im konini beradi. Ijti moiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali rea- lizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi). 2. Ifodalash funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo‘- ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jam iyat bilan m uno- sabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. M azkur funksiya asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali amalga oshiriladi. 3. Moslashtiruvchi funksiya. Bu funksiya quyidagilarda namoyon boiadi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jam iyatning (gu- ruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga m azkur jamiyatga (m azkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon bera di. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor komponenti orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida o‘rganiIishi Tadqiqotchilarni har doim shaxs ustanovkalari uning qila- yotgan ishlariga qanchalik darajada ta ’sir qilishi qiziqtirib kel- gan. Shaxsning qarashlari, his-tuyg‘ulari orqali uning jam iyatdagi xulq-atvori aniqlanadi, bu xulq-atvorni o‘zgartirish uchun aqlni va yurakni o‘zgartirish kerak, degan taxm in mavjud. «Ustanovka» tushunchasini rus psixologiyasiga gruzin psixo- logiya m aktabining yetakchisi D.N. U znadze olib kirgan, bu tu- shuncha ruscha «ustanovka» so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘nalish, yo‘naltirish m a’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda D.N. Uznadze ustanovkaga quyidagicha ta ’rif beradi: Ustanovka — kishining tevarak-atrofdagi odam larga yoki obyektlarga q an day m unosabatda bo ‘lish, ularni m a’lum darajada idrok qilish, sezish, baho berish va ularga nisbatan qandaydir harakat qilish- ga tayyorgarligini anglatadigan holatidir. Ijtimoiy ustanovkalar esa sof ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida o ‘ziga xos m azm un kasb etadi va uning m a’nosi — yangicha tafakkur va dunyo- qarashni shakllantiruvchi va o ‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik m exanizm dir. D em ak, ijtimoiy ustanovka — shaxsning atrof- m uhitida sodir bo ‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy g u ru h larn i m a’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan m unosabatlar o‘rnatishga yo'naltirilgan ruhiy ichki hozirlik bo4ib, bu hozirlik asosida shaxsning dunyoqarashini ham o ‘zgartirish m um kindir. Ijtimoiy ustanovka tushunchasi (Obuxovskiy, 1972) insonlar ning xatti-harakatlarini bashorat qilishda kundalik hayotda ham qoilaniladi: «Nilufar bu konsertga borm asa kerak, chunki u es- trada musiqasiga mutlaqo qarshi». Bu holatda kundalik hayotdagi ijtimoiy ustanovka tushunchasi «munosabat» tushunchasiga ya- qinroq yuradi. L.I. Bojovich yo‘nalganlik m uam m osini o‘rgana turib, quyidagi ta ’rifni beradi: «yo‘nalganlilik shaxsning ichki pozitsiyasi sifatida ijtimoiy muhitga nisbatan shakllanib boradi. Ushbu ta ’rifdagi «yo‘nalganlilik» tushunchasi ijtimoiy ustanovka tushunchasi bilan bir qatorda turuvchi m a’noni bildiradi. Shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (social atti tude — ingl.) bu insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotiarga, jam iyatda yuz berayotgan jarayonlarga va hodisa- larga bo'lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovkalarni o ‘rganish shaxsni tu- shunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir. Ijtimoiy ustanovka atamasi psixologiyada bir necha m a’nolarga egaligi va g‘arb ijtimoiy psixologiyasida ijtimoiy ustanovkalarni «Attitude» atamasi bilan nomlashganligini yuqorida qayd etib o‘tgan edik. Attityud tushunchasiga G.M .Andreyeva (1988) tom onidan quyidagi to‘rt ilmiy yo‘nalishni belgilash asosida yanada oydinlik kiritiladi: 1) muvofiqlashtirish — o ‘z maqsadlariga erishish uchun xiz- mat qiluvchi attityudning obyektga nisbatan subyektni yo‘naltira olishi; 2) bilish — u yoki bu obyektga nisbatan attityudning sodda- lashtirilgan xulq-atvor ko'rsatmasini ta ’minlay olishi; 3) ifodalilik — shaxs o'z-o'zini idora qilishida attityud shaxs sifatida o‘zini ifodalash uchun subyektning keskin, tang holatlari- dan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi; 4) himoya — attityudning shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf etishga xizmat qilishi. Demak, aytish m um kinki, attityudning bu to ‘rt vazifasi ham inson va faoliyat taraqqiyoti uyg'unligiga xizmat qiluvchi psixologik m uhofazaning qaror toptirilishiga ko‘maklashishi tabiiy. Chunki ijtimoiy taraqqiyot omillari ham isha inson ustanovkalari kamolotiga hamohangdir. Bu ham ohanglikni to liq his etgan holda attityudni yanada kengroq ko‘lamda «ijti moiy ustanovka» nomi bilan e ’tiro f etish qabul qilingan (V.A. Ya dov, D .N .U znadze, G.M .Andreyeva, P.N.Shixerev, Sh.A .N a- dirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar.). Bu esa ijtimoiy psixologiya fani uchun m uhim bo‘lgan psixologik muhofaza metodologiyasini nazariy-ilm iy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. C hunonchi, D.N. Uznadzening tadqiqotida ustanovka m a’lum ehtiyojlar va ularni qondirish majmuasi sifatida m ukam m al ochib berilgan bo‘lsa (U znadze D.N., 1961), V.A. Yadov tadqiqotlari- da ustanovka m a’lum vaziyatlar bilan bog‘liq «o‘z-o ‘zini idora qilish» mezoni sifatida o ‘rganiladi va bu o‘z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanining taraqqiyotiga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi», degan yangi tushunchaning olib kirilishiga sabab bo‘ladi (Yadov V.A., 1979). Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling