Ijtimoiy psixologiya
Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud)
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud)
— ijtimoiy vaziyat ta ’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovka lar hisoblanadi. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoit- lar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizim ini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Uchinchi daraja — ijtimoiy ustanovka manbai sifatida ijtimoiy faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tash- lanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qiymatga ega boigan yuqori- dagi 3 komponent tizimi ishtirok etadi. Demak, bazaviy ijtimoiy ustanovkalar shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir. To‘rtin ch i (eng yuqori) daraja — shaxsning ijtimoiy faollik tizim idagi xulq-atvori va faoliyatini m a’lum m e’yorda boshqar ish bilan b o g liq . Bunda shaxs faolligi jam iyat va uning iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy yo‘nalishdagi prinsiplari asosida tarkib topa- di. D em ak, qadriyatlar tizimi ustanovkasi avlodlararo m uloqot jarayonining m ahsuli sifatida jam iyatda qadr-qim m at topgan narsalarga nisbatan ustanovka. M asalan, sahih H adislar islom d inidagilar uchun ana shunday qadriyatlardan biri sanaladi va bu dinga e ’tiqod qiluvchi har bir kishi barcha hadislarni ta n - qidsiz, m uhokam asiz qabul qiladi, chunki ular b irin ch id an , ilohiylik xususiyatiga ega bo ‘lsa, ikkinchidan, buyuk allom alar tom onidan yaratilgandir. Shuning uchun ham qadriyatlar tiz im i h ar doim avloddan avlodga o ‘z qadrini yo‘qotm ay o‘tkazib kelinadi va bunga mos holda ustanovkalar shakllanadi. V.A. Yadov tom onidan ishlab chiqilgan m azkur ierarxik tizim shaxs faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etish bilan bog'liq psixologik hi- moya ierarxiyasi tizim ini tasavvur etishda ham m a’lum d ara jada asos bo‘lib xizm at qilishi m um kin. M asaian, taqdim etil gan 1-daraja predmetga nisbatan shaxsning bevosita dastlabki harakatlarini ko'rsatsa, 2-daraja esa shaxsning o‘z xatti-harakat- larini idora qila olishi bilan bog‘liqlikdan dalolat beradi, 3-daraja xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq kechinm a- larni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki shaxs faoliyati bir butunligini ifodalovchi m ezon sifatida yakun- lanadi. Psixologik himoya va ustanovka uyg‘unligining metodologik asosini talqin qilishda, psixologiya fanida m a’lum va m ashhur D.N. Uznadze maktabi tadqiqotchilari tom onidan ustanovka m uam m osining maxsus predm et sifatida ishlab chiqilib ilmiy xu losalar chiqarilganligini unutm aslik lozim. Ustanovka muammosi ijtimoiy psixologiya fanining eng m uhim obyekti ekanligini, D.N. Uznadze tom onidan keltirilgan quyidagi ta ’rifda ham ko‘rish m um kin: 1. Ustanovka m a’lum faollik ho- latiga nisbatan tayyorgarlikdir. Ayni paytda, subyekt ehtiyoji va unga mos obyektiv vaziyatning yaratilishi bilan bog‘liq subyekt- ning bir butun dinam ik holatidir. Bu o ‘rinda obyektiv vaziyat bilan bog‘liq psixologik him oyaning shaxs faolligiga ta ’sir etu vchi ijtimoiy om illarning o‘rni va ahamiyati alohida o ‘rin tut- ganligi ko‘rinib turibdi. Lekin D.N. Uznadze o‘z tadqiqotlarida shaxsning oddiy fiziologik ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ustanovka qonuniyatlarini ochib beradi va ilmiy xulosalar qila bildi. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling