Ijtimoiy psixologiya


gedonistik psixologiyaning


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

gedonistik psixologiyaning 
asosi deb baholaydi va buning 
oqibatida jam iyatda qator ijtimoiy m uam m olar kelib chiqayotgan- 
ligini ochiq e’tiro f etadi.


G edonizm — bu shaxs va uning xulq-atvor motivlarida bir- 
gina istak — nim adandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi 
ichki ruhiy iztiroblardan xoli bolishga intilish ustuvorligidir. 
Bunda inson asosan to ‘q va farovon hayotga intiladi, boy-badavlat 
yashashni xohlaydi va bundan lazzat oladi. M uallif Yevropada 
tug‘ilishning keskin kamayib ketganligini, ayollar o‘zidan sog‘lom 
zurriyod qoldirishni istamayotganligini, mablag‘iy e ta rlib o ‘lsa-da, 
farzand tug‘ilishiga va uni tarbiyalashga ketadigan mablag‘larini 
qizg‘anayotganligi kabi holatlarni qayd etadi. Bundan tashqari 
gedonizm ning eng katta salbiy ta ’siri Yevropa kishilarida egosen- 
tristik dunyoqarashning shakllanishiga turtki bo‘lmoqda
Egosentrizm — lotincha «Ego» — men va «centrum» — doira 
markazi so‘zlaridan olingan bo‘lib, insonning o‘z fikr o‘ylari, m an- 
faatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhit- 
ga va odamlarga oid bilimlarini hamda o‘zgalarga munosabatini 
o‘zgartira olmasligini bildiradi. Yoshlarimiz orasida yuqoridagi 
dunyoqarash ta'siri ostida milliy madaniyatim iz va qadriyatlari- 
mizdan yuz o‘girayotgan, butunlay yevropacha yoki amerikacha 
madaniyatning quliga aylanib borayotgan, natijada jamiyatdagi 
ijtimoiy fikrning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatayotganlar ham mavjud 
ekanligini hisobga olgan holda bu m uam m oning kelib chiqish sa- 
bablari va uni bartaraf etish borasidagi izlanishlarni bo‘lajak mu- 
taxassislardan kutib qolamiz.
Egoistik xulq va egoizm atam asini qo‘llash ham , D. Mayers 
ta ’kidlaganidek, kundalik hayotda juda ko‘p uchraydi. Buning 
sababi shuki, keng jam oatchilik orasida egoizm tushunchasini 
ko‘pchilik biladi, aksincha Altruizm atam asining qanday m a’noga 
ega ekanligini aksariyat kishilar bilmaydi. Aytish m um kinki, bu 
atam a ko‘proq ilmiy mavzuda ish yuritganlar uchungina tanish 
bo‘lsa kerak.
M a’lumki, egoizm kishilar orasida salbiy sifat deb qaraladi 
va egoistik xulq-atvor jam oatchilik tom onidan ham salbiy m u- 
nosabatga loyiq deb qaraladi. A ltruizm esa aksincha ijobiy sifat 
deb qaraladi va altruistik xatti-harakat ijobiy munosabatga loyiq


deb tanlanadi. Nega shunday? Buning sababi — egoistik xulqning 
asosida birinchi o'ringa o ‘z m anfaatini qo‘yish yotsa, aksincha 
altruistik xulqning asosida birinchi o‘ringa o‘zgalar m anfaatini 
qo‘yish yotadi. Demak, bundan kelib chiqib aytish m um kinki, 
A ltruizm egoizm ning antonim idir. Shuning uchun A ltruizm ata- 
masini tushunishda D. Mayers kundalik hayotim izda ko‘p uchray- 
digan egoizm atam asidan foydalanishni m a’qul ko‘rgan.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling