Ijtimoiy psixologiya


Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar
A ltruizm qisqa va lo‘nda, aniq qilib aytilganda, hech qanday 
m anfaatni kutm agan holda boshqalarga yordam berish, birovlarga 
yordam qo‘lini cho‘zish demakdir. Uning asosida hech qanday 
m anfaat kutmaslik yotishi shu bilan asoslanadiki, altruist odam
har doim , ham m aga, hatto buning evaziga hech narsa olmasligini 
bilsa ham , yordam beraveradi. Ta’kidlash joiz, bunday odam lar 
birovlarga qilgan yordami uchun o‘zi jabr ko'rsa ham , baribir 
boshqalarga yordam berishni kanda qilmaydi. Bunday odam lar 
so‘nggi chaqasi, so‘nggi imkoniyati va hatto jo n in i ham hech 
qanday m innatdorchilik yoki taqdirlanishni kutm asdan bera ola- 
di. Misol: Moskvadagi m etro bekatlaridan birida 6 yoshli qizcha- 
ning relslar ustiga tushib ketganligini ko‘rgan V. Ivanov poyezd 
kelayotganligini ko‘rib, o‘zini pastga tashladi va qizni perron- 
ga otishga ulgurdi, lekin o ‘z jo n in i saqlab qola olmadi. Qizaloq 
uning hech kimi emas edi. U buni shunchaki odam iylik nuqtayi 
nazardan amalga oshirdi. Ya’ni A ltruizm ni namoyon qildi. Savol 
tug‘iladi: K ishini bunday harakat qilishga nim a majbur qiladi?
Bu savolga faylasuf, psixolog, sotsiolog va boshqa sohadagi 
olim lar uzoq yillardan buyon javob izlashadi va bu savolga beril- 
gan javoblar tahlili shuni ko‘rsatganki, savolga javob berayotgan 
olim ning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda bu savolga javob beriladi:
Ya’ni, agar bu olim ning o‘zi inson sifatida odam hech qachon 
biror-bir m anfaatni ko‘zlam asdan boshqalarga shunchaki yaxshi- 
lik qilmaydi, degan fikrga ega bo ‘lsa va o‘zi ham bunga am al qil-


sa, u holda bu olim A ltruizm ning asosida yo moddiy, yo m a’naviy 
manfaatdorlik yotadi, deb hisoblaydi.
Aksincha, bu savolga javob izlayotgan olim inson sifatida o ‘zi 
altruistik e ’tiqodga amalga qilsa, bu olim altruistik xulq-atvorni 
birovlarga hech qanday foyda ko'zlanm asdan qilinadigan yaxshi- 
lik deb tushuntiradi.
Ijtimoiy psixologiyada A ltruizm ijtimoiy xulq-atvor sifatida 
qaraladi va uning asosi yoki motivini tushuntirishda 2 xil nuqtayi 
nazar mavjud.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling