Ijtimoiy psixologiya


Shaxslararo munosabatlarda agressiv xulqning


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

Shaxslararo munosabatlarda agressiv xulqning 
namoyon bo‘lishi
L. Berkovits (1968, 1981, 1995) va boshqa tadqiqotchilar bun­
day stimullar qatoriga qurol kirishini aniqlashdi. Tajribalar- 
ning birida o‘yinchoq qurol o‘ynagan bolalar o‘yindan so‘ng 
boshqalar kubiklardan qurgan uychani osongina buzib tashlash- 
gani kuzatilgan. Yoki yana bir tajribada Viskoniya universiteti 
talabalari ko‘z oldilarida qurol turganda (ularning nazarida bu 
qurol oldingi tajribadan so‘ng tasodifan unutib qoldirilgan edi) 
o‘z «dilozor»lariga ko‘proq kuchlanishli tok yuborishgan. «Ta­
sodifan unutib qoldirilgan predmet»lar qurol emas, tennis raket- 
kasi bo‘lganida esa tokni kamroq yuborishgan. AQSHda sodir 
bo‘layotgan qotilliklarning teng yarmi shaxsiy qurol orqali amalga 
oshirilishini bilganda, L. Berkovits unchalik lol qolmadi. Statis- 
tik ma’lumotlarga qaraganda uyda qurol saqlansa, u qachondir 
otiladi va qandaydir begona kishi emas, balki atrofdagi tanishlar- 
dan birovi jabrlanadi. «Qurol nafaqat jinoyat sodir qilishga imkon 
beradi, — deydi L. Berkovits, — balki u jinoyat sodir qilishga un-


dashi ham mumkin. Barmoq tepkiga talpinadi, shuningdek, tepki 
ham barmoqqa talpinadi».
Bu tushuncha agressiyani emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma si­
fatida emas, balki xulq-atvor modeli sifatida ko‘rishni taqozo eta- 
di. Bu muhim fikr ko‘plab chalkashliklarni tug‘dirdi. Agressiya 
termini ko‘p hollarda g‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular 
bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto 
negativ ko‘rsatmalar sirasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bi­
lan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo‘lgan 
xulq-atvorda albatta muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular bunday 
harakatlar uchun asos b o ia olmaydi. G ‘azab boshqalarga tajovuz 
qilish uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi, boshqacha 
qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik ho- 
latida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani kabi, o‘ta kuchli hayajon 
holatida ham paydo boiishi mumkin. Shuningdek, agressorlar- 
ning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki 
ularni yoqtirishlari umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar 
o‘zlari yoqtirgan insonlarga zulm o‘tkazadilar.
Shunday qilib, hozirda ko‘pchilik tomonidan «Agressiya — 
boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki zi­
yon yetkazishni maqsad qilib qo£ygan xulq-atvorning har qanday 
shakli», degan tushuncha qabul qilingan.
Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligi- 
dan kelib chiqib, mazkur xulq-atvorni o‘rganishda D. Bass to ­
monidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan chegaralanish 
juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi.
Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslan- 
gan holda tasvirlash mumkin: jismoniy — verbal, aktiv — passiv va 
to‘g‘ri — egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga ya- 
qin kategoriyalarni berib, ko‘plab agressiv harakatlarni ular asosi­
da tushuntirish mumkin. Masalan, bir kishining ikkinchisining 
ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo‘ravonlik qilishi ham jis­
moniy, ham aktiv, ham to‘g‘ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi 
mumkin.


Agressiyaning ijtimoiy ma’qul va assotsial agressiv xulq-atvor 
turlari farqlanadi. Ijtimoiy ma’qul agressiya turida frustratsiya, 
affekt, stress va nizo natijasida kelib chiquvchi zo‘riqish hamda 
xavotirlanish ijtimoiy me’yorlarga mos keluvchi harakatlar orqali 
hal qilinadi. Assotsial agressiv xulq-atvor jamiyatda qabul qilin- 
gan me’yorlarga zid bo‘lgan harakatlarda namoyon boladi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling