Ijtimoiy psixologiya


Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari
Shaxs ijtimoiylashuvining quyidagi bosqichlari mavjud:
Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki 
katta bosqichda tasavvur qiladi. U ning 
birinchi bosqichi 
— individ- 
ning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot 
bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir 
qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi:
ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri);
• m e’yortiv xulqning marginal jihatlarini o ‘zlashtirish (o'smirlik 
davriga to‘g ‘ri keladi);
ijtimoiylashuv 
oqibatlarining 
yaxlit 
namoyon 
bo‘lishi 
(o‘spirinlikdan balog'at yoshiga o‘tish davrini o ‘z ichiga oladi).
Ikkinchi bosqich 
— shakllanib bo‘lgan shaxsning jam iyatda 
faoliyat yuritishi davrlarini o ‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bun- 
da shaxs dastlab mehnatga yaroqli jam iyat a’zosi sifatida, so‘ngra 
nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o ‘z o‘rniga ega b o lad i.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi 
ko‘proq yuqorida ta ’kidlaganim izdek, oila, undagi ijtimoiy- 
psixologik m uhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday 
ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta ’lim 
muassasalari va m ehnat jam oalarining roli ortib boradi. Shunga 
mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi 
m a’lum otlarni keltiradi:
Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, 
unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. 
Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o ‘ziga xosligi shun- 
daki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta ’sirlar faol


ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasi- 
da muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati 
davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, av- 
valgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, 
shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega 
bo‘lish, aniq hayot yo‘lini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni 
tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda 
shakllanadi. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan ke- 
yingi davr bo‘lib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so‘nggi qari- 
lik gashtini surayotganlar kiradilar. Bu davrda ham shaxs ijtimo- 
iylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan 
tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs tuzilishida ham 
xususiy o ‘zgarishlar ro‘y beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning 
o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, 
sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni 
o‘ziashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan 
boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, amalda yoshlarga shax- 
siy o‘rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazar- 
dan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz asosan 
o'zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabi- 
ralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar 
va bu narsa avniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Xalqimizda- 
gi «qari bilganni pari bilmas» degan naql ham bobolar va momolar 
o‘gitlarining tarbiyalovchi mohiyatini aks ettiradi. Shu sababli ham 
mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv 
roli kun savin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida 
davlat himoyasida bo‘lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat voshlarida 
yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, va- 
tanparvarlikning rivojiga o‘z hissasini qo’shadi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling