Ijtimoiy psixologiya
Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar
A ltruizm qisqa va lo‘nda, aniq qilib aytilganda, hech qanday m anfaatni kutm agan holda boshqalarga yordam berish, birovlarga yordam qo‘lini cho‘zish demakdir. Uning asosida hech qanday m anfaat kutmaslik yotishi shu bilan asoslanadiki, altruist odam har doim , ham m aga, hatto buning evaziga hech narsa olmasligini bilsa ham , yordam beraveradi. Ta’kidlash joiz, bunday odam lar birovlarga qilgan yordami uchun o‘zi jabr ko'rsa ham , baribir boshqalarga yordam berishni kanda qilmaydi. Bunday odam lar so‘nggi chaqasi, so‘nggi imkoniyati va hatto jo n in i ham hech qanday m innatdorchilik yoki taqdirlanishni kutm asdan bera ola- di. Misol: Moskvadagi m etro bekatlaridan birida 6 yoshli qizcha- ning relslar ustiga tushib ketganligini ko‘rgan V. Ivanov poyezd kelayotganligini ko‘rib, o‘zini pastga tashladi va qizni perron- ga otishga ulgurdi, lekin o ‘z jo n in i saqlab qola olmadi. Qizaloq uning hech kimi emas edi. U buni shunchaki odam iylik nuqtayi nazardan amalga oshirdi. Ya’ni A ltruizm ni namoyon qildi. Savol tug‘iladi: K ishini bunday harakat qilishga nim a majbur qiladi? Bu savolga faylasuf, psixolog, sotsiolog va boshqa sohadagi olim lar uzoq yillardan buyon javob izlashadi va bu savolga beril- gan javoblar tahlili shuni ko‘rsatganki, savolga javob berayotgan olim ning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu savolga javob beriladi: Ya’ni, agar bu olim ning o‘zi inson sifatida odam hech qachon biror-bir m anfaatni ko‘zlam asdan boshqalarga shunchaki yaxshi- lik qilmaydi, degan fikrga ega bo ‘lsa va o‘zi ham bunga am al qil- sa, u holda bu olim A ltruizm ning asosida yo moddiy, yo m a’naviy manfaatdorlik yotadi, deb hisoblaydi. Aksincha, bu savolga javob izlayotgan olim inson sifatida o ‘zi altruistik e ’tiqodga amalga qilsa, bu olim altruistik xulq-atvorni birovlarga hech qanday foyda ko'zlanm asdan qilinadigan yaxshi- lik deb tushuntiradi. Ijtimoiy psixologiyada A ltruizm ijtimoiy xulq-atvor sifatida qaraladi va uning asosi yoki motivini tushuntirishda 2 xil nuqtayi nazar mavjud. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling