Ijtimoiy psixologiya
Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi
Rus psixologlaridan B.G.Ananev o‘tgan asrning 60-yillarida tolerantlik atamasidan birinchi bo‘lib foydalangan bo‘lsa, bu fenomenning ijtimoiy psixologiyasini ilk marotaba Sankt-Peter- burglik olima G.L. Bardiyer (2007) tadqiq etgan. Aniq sharoitlarda, ya’ni ijtimoiy voqeliklar va jarayonlar (refe rent guruhdagi ijtimoiy hamkorlik)da tolerantlikni shaxs faoliyati- da tutgan o‘rni hamda uning qay tarzda namoyon bo‘lishi, shakl- lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashga qator olimlar o‘z diqqatlarini qaratib kelmoqdalar. Tolerantlik tushunchasiga turli soha mutaxassislari ta’rif berib o‘tganlar. Jumladan, tolerantlik falsafiy ma’noda — lotincha chi- dam, chidamlilik, toqat qilish, kengfe’llik ma’nosida «tolerantia» so‘zidan olingan bo‘lib, falsafada bag‘rikenglik, halimlik va xay- rixohlik tushunchalarini ifodalaydi. Psixologik ma’noda tolerantlik bu — individning o‘z asab va ruhiy muvozanatini tiklash, muvaffaqiyatli moslashish, adovatga yoi q o 'y m a s l i k va uni o‘rab turgan olam bilan ijobiy munosabat- larni rivojlantirish maqsadida muammoli va inqirozli vaziyatlarda tashqi muhit bilan faol aloqa qilish qobiliyatini belgilovchi bir- lashma, integral xususiyat sifatida ma’no-mazmun kashf etgan. 0 ‘zga millat vakilini tan olish unda o‘zi uchun aziz boigan boshqacha qadriyat, mantiqiy fikrlash, turmush tarzi, madaniyat mavjudligini anglab etishdan iboratdir. Qabul qilish — bu o‘zga din va millat vakilining bizga nisbatan farqli jihatlariga ijobiy munosabatda boiish demakdir. Tushunish esa o‘zga din va millat vakilining ichki dunyosini ko‘ra olish, unga o‘zi va o‘zgalar nuqtayi nazaridan yondashish demakdir. Milliy bag‘rikenglik — turli millatga mansub kishilarning bir- birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va an’analarini, milliy-madaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadr- qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga oshiradigan o‘ziga xos ma’naviy kenglik (bag‘rikenglik)ni anglatadi. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling