Ijtimoiy psixologiya
Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar
Download 356.57 Kb.
|
Ijtimoiy-psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adaptatsiya
- Taqlid qilish
Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar
Ijtimoiylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar: neobixeviorizm namoyandalari ijtimoiylashuv — bu ijtimoiy o‘rganishdir; interaksionizm vakillari ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar natijasi; gumanistik psixologiya vakillari esa «Men» konsepsiyasining namoyon bo‘lishi deb la'rif'laganlar. Ijtimoiylashuv serqirrajarayon bo‘lib, yuqorida psixologiyaning ilmiy maktablari namoyandalari tomonidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina asosiy urg‘u beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoiylashuv muammosini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dis- pozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslararo munosabatlarga kirisha olish darajasiga bog‘liq boigan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizimini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini o‘z ichiga qamrab oladi. U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adap- tatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish. Adaptatsiya — shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayot- gan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi. Shaxsning ijtimoiylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri K. Frommdir Identifikatsiya — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiv me'yorla- rini o‘zida qayta tiklashi (o’ziniki qilib o‘zlashtirish). Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish). Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyo- qarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish). Shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiylashuv mexanizmlari muhim o‘rin tutadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfentrener, rus olimiaridan V.S. Muxina va A.V. Petrovskiy- larning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltirilgan. l.P. Podlosiyning ta’rifi bo'yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat: Download 356.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling