Ijtimoiy psixologiyada asosiy tushunchalar
Download 0.62 Mb.
|
Xamidova Maftuna
Ijtimoiy psixologiyada asosiy tushunchalar. Reja: 1.Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni o’tkazish sharoitlari va texnikasi. 2. Ijtimoiy psixologik tadqiqot o’tkazish bosqichlari. 3. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosiy metodlari: A) Kuzatish va uning turlari; B) Hujjatlarni tahlil qilish metodi; V) So’rov metodlari va ularning turlari; G) Ijtimoiy psixologik eksperiment va uning mohiyati; D) Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda test metodi; E) Proyektiv metodlar. 4. Ijtimoiy psixologik axborotni statistik qayta ishlash metodlari. Har bir alohida bo`lgani singari ijtimoiy psixologiyaning o`z metodlari va ularni qo`llash vositalari mavjud. To`g`ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya falarida qo`llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o`ziga xoslikni hisobga olgan holda ularni ishlatish yo`llari va m’lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud. Har qanday fanning yutug’i ma’lum darajada uning metodik apparati rivoji bilan belgilanadi. Fanning metodik apparati yangi ma’lumotlarni qo’lga kiritish va uning asosida nazariy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun ijtimoiy psixologiya metodlarini ishlab chiqish doimo tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Ijtimoiy psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot ob’ektini tanlashni, qo’lga kiritilgai natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi. 'Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qo’llash avvalom bor shu tadqiqot maqsadlaridan va o’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda ijtimoiy psixologiya metodlarinint kim tomonidan qo’llanilishi ham juda muhim hisoblanadi. 3.1- rasm. Ijtimoiy psixologik tadqiqotdan olingan axborotning ishonchliligi qayta tekshirish o’tkazilganda ham bir xil ma’lumotlar to’planishi, turli tadqiqotchilar tomonidan bir xil natijalarni qo’lga kiritish. A soslilik yoki validlik avvalombor tadqiqotchi qo’llaydigan vositaning xususiyatlari va bu vositaning aynan tadqiqotchini qiziqtirayotgan, o’rganilayotgan ob’ektning aynan zarur xususiyatlariii aniqlash imkoniga egaligi bilan belgilanadi. I jtimoiy-psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qo’llanilayotgan metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni o’rganishga mosligi bilan belgilanadi. Har qanday ijtimoiy-psixologik tadqiqot ob’ektini o’rganish dasturini tuzishdan boshlanadi. 3.2-rasm. T adqiqot taxmini- tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan ilmiy faraz. Bu taxmin o’tkaziladigan tadqiqot natijasida isbot qilinadi. T adqiqot metodi- bu tadqiqotchini qiziqtirgan axborotni qo’lga kiritish yuli, vositasi. T adqiqot metodikasi- bu turli jarayonlar va ularning xususiyatlari to’g’risidagi zarur axborotni qo’lga kiritish uchun ishlatiladigan aniq usul va vositalar majmuidir. I jtimoiy psixologik- tadqiqot dasturi pilotaj tekshiruv o’tkazilgandan keyin aniqlashtirib olinadi. Pelotaj tadqiqot bosh yo`nalishni, asosiy tadqiqot metodlari va uni tashqil qilish tamoyillarini belgilab olishni ta’minlaydi. U tadqiqot o’tkazish vaqti joyi, vaziyatini tekshirib ko’rish imkonini beradi. Pilotaj eksperiment davomida tadqiqotchi tomonidan tadqiqot o’tkaziladigan tekshiriluvchilar soni va xususiyatlari aniqlanadi. Tanlab olingan tekshiriluvchilar -bu barcha individlar ichidan tadqiqot uchun tanlab olingan indnvidlar. Ular qandaydir xususiyatlar bilan birlashtirilgan. Hajmiga qarab, katta va kichik tekshiriluvchilar soni farqlanadi. P- 30 bo’lsa, kichik hajmli tanlab olingan tekshiruvchilar bo’lsa, kattasining soni belgilanmagan. Demak, tekshiriluvchilar (general) bosh majmui chiziq bu o’rganilishi lozim bo’lgan; tanlab olingan tekshiriluvchilar esa real o’rganiladigan individlar. Tanlangan tekshiriluvchilar bosh majmuini adekvat aks etilishi, ya’ni reprezentativ. 3.3-rasm. T adqiqotga tayyorlanish va taxminini ilgari surish jarayonida bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilarni farqlash zarur. Ular o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Bog’li bo’lmagan o’zgaruvchi bu maxsus tarzda tashkil qilingan psixologo-pedagogik vaziyat. B o’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar ya’ni tadqiqotchi ko’rinish va qayd qilishni mo’ljallayotgan o’zgarishlar bog’liq bo’lgan o’zgarishlardir. O ’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqalarning tasodifiy ekanligi yoki qonuniyligi matematik usullar yordamida tekshiriladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling