Ijtimoiy sheriklik modellari Ijtimoiy sheriklik subyektlari


Download 343.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2020
Hajmi343.79 Kb.
#150322
Bog'liq
12-mavzu


1.

2.

3.



Ijtimoiy sheriklik modellari

Ijtimoiy sheriklik subyektlari

Ijtimoiy sheriklikning samaradorligi




Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan Tadbirkorlar

va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston

nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan

“Oʻzbekistonda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy modelini ishlab chiqish” mavzusidagi

onlayn davra suhbati ana shunday muhim masalalar tahliliga bagʻishlandi.

 

 



Masofaviy davra suhbatida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va boshqa tashkilotlar

vakillaridan iborat 100 ga yaqin mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar va

tadqiqotchilar ishtirok etdi.





Davra suhbati Oʻzbekiston Milliy universitetida bajarilayotgan “Oʻzbekistonda ijtimoiy



sheriklikning bugungi kun talablariga mos keladigan modellarini ishlab chiqish”

mavzusidagi amaliy loyiha doirasida tashkil etildi.

 

 

Onlayn davra suhbati ijtimoiy sheriklik jarayonlarini nazariy jihatdan tadqiq etuvchi



yetakchi olimlar hamda shu yoʻnalishida bevosita faoliyat olib borayotgan amaliyotchi

mutaxassislarning ilgʻor tajribalarini umumlashtirish, ommalashtirish maqsadida

tashkil etilgan boʻlib, bu hamkorlik mamlakatimiz rivojining yangi bosqichida ijtimoiy

sheriklik jarayonlarining samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qilishini alohida

taʼkidlash lozim.

 

 



Davra suhbatida ayni dolzarb mavzuga oid bir qancha maʼruzalar tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi



ishlarning tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish, davlat va jamoat

tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, nodavlat notijorat

tashkilotlari faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Unda aholining

ijtimoiy faolligini yuksaltirish, bandlikka ko‘maklashish, atrof-muhit va aholi

salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash,

fuqarolarning huquqiy bilimi va madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha bir qator

normalar aks etgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida

qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni

fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarni huquqiy jihatdan

mustahkamlash, ularning faolligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.



 Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi,

davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanilishi hamda ijtimoiy sheriklik subyektlarining

huquq va majburiyatlari aniq belgilab berilgan, – deydi Surxondaryo viloyati kasaba

uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Abdukarim Ahmedov. – Bu

jamiyatda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirib, fuqarolarning

ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun keng imkoniyat yaratdi. Qonunning ijrosini

ta’minlashda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari

hamkorligi muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda qo‘mita tomonidan amalga

oshirilayotgan loyihalar, turli tadbirlar, ijroga yo‘naltirilgan dasturlar va tashabbuslar

xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishiga, aholi, xususan, ayollarning og‘irini yengil

qilishga hissa qo‘shayotgani bilan ahamiyatlidir. Termizda ushbu qonun ijrosini

ta’minlashda xotin-qizlar qo‘mitalarining o‘rni va istiqbolli hamkorlik masalasiga

bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar

qo‘mitasi raisi Mavluda Qobulova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida fuqarolik

jamiyatini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. 



Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezident Islom Karimovning qator



asarlari, nutq va maqolalari, хususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida

chuqurlashtirilgan bo‘lsa, amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Birinchi

Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi. Birinchi Prezident

Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati,

maqsadlari, vazifalari ochib berilgan.

Tariхga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasida doimo

ziddiyatlar mavjud bo‘lgani, bu ziddiyatlar ko‘plab marta qon to‘kilishlarni keltirib

chiqargani, isyonlar hukmron sinflar tomonidan ayovsiz bostirilganidan guvohlik

beradi. Tariхda hukmron sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham kuzatilgan.

Lekin bu yon bosishlar epizodik хarakterga ega bo‘lib taktik maqsadlarda vaqtdan

yutish yoki ilojsizlik tufayli yuz bergan.


Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezident Islom Karimovning qator



asarlari, nutq va maqolalari, хususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida

chuqurlashtirilgan bo‘lsa, amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Birinchi

Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi. Birinchi Prezident

Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati,

maqsadlari, vazifalari ochib berilgan.

Tariхga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasida doimo

ziddiyatlar mavjud bo‘lgani, bu ziddiyatlar ko‘plab marta qon to‘kilishlarni keltirib

chiqargani, isyonlar hukmron sinflar tomonidan ayovsiz bostirilganidan guvohlik

beradi. Tariхda hukmron sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham kuzatilgan.

Lekin bu yon bosishlar epizodik хarakterga ega bo‘lib taktik maqsadlarda vaqtdan



yutish yoki ilojsizlik tufayli yuz bergan.

Download 343.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling