Ijtimoiy sheriklik va uning subyektlari J. Yo’ldoshev-1-bosqich magistranti
Download 211.47 Kb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy sheriklik va uning subyektlari
1
J.Yo’ldoshev-1-bosqich magistranti Hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotida huquqiy demokratik davalat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi o’rganlarining birgalikdagi say-harakatlari qamrovini samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi.”Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi (2014 yil 28 avgust) Qonuni qabul qilishdan maqsad faollik,tashabbuskorlik, ijtimoiy ma’suliyat hamda aholi farovonligini oshirishda davlat va jamiyat hamkorligining mexanizmlarini yaratishdan iboratdir. Ushbu huquqiy hujjatga muvofiq ijtimoiy sheriklik deganda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan
ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish dasturlarini shu
jumladan,tarmoq,hududiy dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boshqa qarorlarini ishlab chiqish hamda ro’yobga chiqarishdagi hamkorligi tushiniladi. “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ,shu jumladan tarmoq,hududiy dasturlarni,shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyeklaridir. Davlat organlarining o’zini o’zi boshqarish organlari,siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi” 1 1 “ IJTIMOIY SHЕRIKLIK TO'G’RISIDA” O'zbekiston Respublikasining Qonuni 2014 yil 28 avgust
2
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarga nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolarning o’zini o’zi bohqarish organlarining keng jalb qilinishi va ularning ishtiroki o’zining uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beradi.Ijtimoiy sheriklik bugun jamiyatda amalga oshirayotgan islohotlarning oshkoraligini jamiyatning har bir a’zosi to’g’ri anglashga imkon yaratadi. Binobarin mamlakatda azaldan ijtimoiy hamkorlik muhitining mavjudligi muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, fuqorolar farovonligi, eng avvalo mamlakatda amlaga oshirilayotgan islohotlarning sifati va saramasiga bog’liqligini hisobga olsak, ijtimoiy hamkorlikning nechog’liq e’tiborga sazovor ekanligi oydinlashadi. Ijtimoiy sheriklik nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat hokimyati va boshqaruv organlari hamda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining kalishilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yaratish va hayotga tadbiq qilish, ijtimoiy muammolarni hal etish mamlakat aholisi turli qatlamlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashdagi o’zaro faolliyatini nazarda tutadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik sohasidagi faoliyatini ijtimoiy sheriklik bo’yicha komissiya ishida qatnashish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tayyorlash, muhokama qilish va amaliyotga tadbiq etish, ijtimoiy muhtoj shaxslarga zaruriy ijtimoiy, huquqiy va boshqa yordamlar ko’rsatishda ishtirok etish, shuningdek, ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo’li bilan olib boriladi. O’zbekistondagi ijtimoiy sheriklikning o’ziga xosligi shundaki, davlatning o’zi ijtimoiy sheriklikning huquqiy maydonini yaratishni va nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlariga tegishli moddalarni buzganligi uchun mansabdor shaxslarni jazolashni kuchaytirish to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarini kiritishni taklif
etmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyati ijtimoiy muhit sifatini oshirishi, jamiyatning 3
ijtimoiy qudrati va hayot darajasi takomillashuviga imkon yaratadi. Aynan shu narsada ularning muhim ijtimoiy-siyosiy vazifasini amalga oshsadi va shu bois davlat bu faoliyatni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi va rivojlantirishi lozim. Hozirgi paytda zamonaviy globallashuvning yangi oqimi davlat xizmati va fuqarolik jamiyati institutlari o’zaro faoliyati ijtimoiy-siyosiy mehanizmmining yanada mukammalroq shakllarini ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Ijtimoiy hamkorlik nafaqat muayyan rivojlanish mahsuli, balki taraqqiyotning o’zi, maqsadni aniq belgilashga erishish darajasidir. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari ro’lini yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo’yicha o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni ro’yobga chiqarishda hech bir mubolag’asiz hal qiluvchi omil ekanini o’ylaymanki kimgadir o’qtirib o’tish zarurati bo’lmasa kerak”. Prezident Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda ularning ro’lini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to’g’rida” gi qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maskur qonun nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish ijtimoiy muammolarni hal qilish mamlakat aholisining turli tabaqalari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish hamda o’zaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishda katta ro’l o’ynaydi”. Umuman olganda “Ijtimoiy sheriklik to’g’rida”gi Qonun davlat va jamiyat o’rtasidagi samarali muloqat olib borish nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini
4
amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarni himoya qilishda hamkorlik o’rnatish uchun qulay huquqiy maydon yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu huquqiy hujjat nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilaydi va tashkiliy-huquqiy mehanizmlarni takomillashtiradi. U nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ro’lini kuchaytish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini va yirik ijtimoiy ahamiyatga molik qonun hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida keng aholi qatlamlari manfaatlarini hisobga olishga xizmat qiladi. Download 211.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling