Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Uy-joy majmuasiga xizmat kо‘rsatish va uy-joy fondini ta’mirlash-qurilish tashkilotlari


Download 0.57 Mb.
bet25/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga

1. Uy-joy majmuasiga xizmat kо‘rsatish va uy-joy fondini ta’mirlash-qurilish tashkilotlari;


2. Issiqlik energiyasi ta’minoti xо‘jaligi;
3. Gaz ta’minoti xо‘jaligi;
4. Elektr energetika ta’minoti va kо‘chalarni yoritish xо‘jaligi;
5. Suv ta’minoti va oqova-quvur xо‘jaligi;
6. Muhandislik tizimlari va inshootlari (lift, havoni shamollatish - sovutish va boshqalar)ga xizmat kо‘rsatish korxonalari.
Aholiga bevosita shartnoma asosida kо‘rsatilayotgan xizmat turlari tarkibidan kelib chiqib kommunal xо‘jaligi tizimi tashkilotlari asosan 8 guruhga bо‘linadi (3.1-rasm).
Uy-joy kommunal xо‘jaligi shahar xо‘jaligining asosiy qismini tashkil etib, shahar xо‘jaligi infratuzilmasida uy-joy kommunal xо‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan va kommunal xо‘jaligi tizimining ajralmas qismi hisoblanuvchi sohalarga quyidagilar kiradi:
1. Yо‘l xо‘jaligi va shahar aholi tashish transporti;
2. Aloqa xizmati va muhandislik kommunikatsiyalari, xabar beruvchi va yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlar;
3. Kо‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
4. Sanitariya-gigiena va ekologik himoyani ta’minlash hamda nazorat qilish xizmatlari;
5. Istirohat bog‘lari, xiyobonlar, chо‘milish havzalari va basseynlari;
6. Haykallar va tarixiy obidalarni saqlash;
7. Mehmonxona xо‘jaligi;
8. Hammomxona va kir yuvish xо‘jaligi;
9. Ijtimoiy soha va uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalari.






3.3. Uy-joy, kommunal xо‘jaligi tarmog‘ini moliyalashtirish tizimi, mahalliy
3.1– rasm. Asosiy kommunal xizmatlar turlari
Ishlab chiqarish kuchlari, turar joy hududlari va transport tizimlarining joylashishi kommunal xо‘jaligi korxonalarining tashkil etilishi va samarali faoliyat kо‘rsatishga ta’sir kо‘rsatadi. Shu sababli har bir shaharda о‘ziga xos kommunal xо‘jaligi tizimi shakllanadi. Amaliyotda kommunal-xо‘jaligi tizimi faoliyati mahalliy hokimiyat tomonidan koordenatsiya qilinadi.
“Bugungi kunda uy - joy qurilishi va iqtisodiyotning mazkur soha bilan bog‘liq tarmoqlarini rivojlantirish moliya tizimini shakllantirish va barqaror rivojlantirishning eng muhim bо‘g‘inlaridan biri hamda banklar aktivlari va ishonchli resurs bazasining mustahkam manbai bо‘lib qolmoqda. Aksariyat davlatlarning tarixiy tajribasi shundan dalolat beradiki, uy-joy qurilishi va infratuzilma sohasini taraqqiyotning ustuvor yо‘nalishi sifatida belgilash milliy iqtisodiyotni qayta tiklashning hal qiluvchi vositasi bо‘lib xizmat qiladi”10.
Mamlakatimizda davlatning uy-joy siyosati О‘zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksida aks ettirilgan bо‘lib, u 1998 yil 24 dekabrdagi 713-I-sonli О‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan qabul qilingan va 1999 yil 1 apreldan amalga kiritilgan.
О‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 11 ta bо‘lim va 141 ta moddadan iborat. О‘zbekiston Respublikasida uy-joy siyosati uy-joy tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Uy-joy tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari Uy-joy kodeksidan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Ayrim uy-joy munosabatlari uy-joy tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tartibga solinmagan bо‘lsa, ularni respublikamizda yerga oid qonun hujjatlari hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlarining ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qо‘llanadi. Uy-joy tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi masalalar bо‘yicha munosabatlarini tartibga soladi11:

  • turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, о‘zgarishi hamda bekor bо‘lishi;

  • uy-joy fondini hisobga olish;

  • uy-joy fondini saqlash, qarash va ta’mirlashni ta’minlash;

  • fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish.

Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va о‘zgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlar Uy-joy Kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar qonunda yoki О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bо‘lmasa, uy-joy tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qо‘llaniladi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi.
Uy-joy xо‘jaligi va kommunal xizmat kо‘rsatish bо‘yicha davlat boshqaruv organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari bо‘yicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq tо‘lash tizimini tartibga soladi.
Kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • uy-joy tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash;

  • uy-joy fondini va kommunal obektlarni boshqarishni tashkil etish;

  • о‘z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish;

  • uy-joy fondini hisobga olish;

  • davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish;

  • davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida

  • uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga kо‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash;

  • aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bо‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash;

  • fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish; uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish;

  • uy-joy fondiga xizmat kо‘rsatuvchi kommunal xizmat kо‘rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash;

  • davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:

  • fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta’minlashda kо‘maklashadi;

  • qurish va uy yon atrofini saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

  • fuqarolarning maishiy-uy-joy sharoitlarini yaxshilash tо‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritadi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bо‘yicha olib borayotgan ishlarimiz kо‘lami yanada kengaytiriladi. Bunda 27 mingta yoki bu yilga nisbatan 2,5 barobar kо‘p oilaning ipoteka krediti bо‘yicha dastlabki badallarini tо‘lash va kredit foizlarini subsidiyalash uchun 2,4 trillion sо‘m yо‘naltiriladi.”12


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling