Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Download 0.57 Mb.
bet20/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga

Subsidiyalangan narxlar, masalan, uy-joy sektorida bozor narxlari amal qiladigan xususiy uy-joy sektorini kengaytirish uchun rag'batlarga putur yetkazadi, chunki aholi pulni tejash va ijtimoiy jihatdan past narxlar (tariflar) qo'llaniladigan davlat, munitsipal sektorda kvartiralarni sotib olishni afzal ko'radi.

O‘zbekiston Respublikasida subsidiyalash so‘nggi yillarda quyidagi huquqiy-meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda:

1. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 mart, 182-sonli “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya tо‘lash tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori;

2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2021 PF-33-sonli “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Farmoni;

3. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 iyul 2021 yildagi “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xо‘jaligilariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori.

Subsidiya (lot. subsidium – yordam, nafaqa, qо‘llab-quvvatlash) – davlat budjeti, maqalliy budjetlar mablag‘lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‘i yoki natura shaklidagi yordam. Mablag‘lar kо‘rinishidagi aniq manzilli subsidiyalar bevosita subsidiya, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita subsidiya deb ataladi (2.4-rasm). Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban о‘zgartirish), eksport-importni muvozanatlab turish, fan-texnika yangiliklarini о‘zlashtirishni yо‘lga qо‘yish, milliy sanoatni о‘stirish, ayrim hududlarni rivojlantirish maqsadlarida ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qo’shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bо‘lganda davlat о‘z tovarlarini zaxiraga о‘tkazib turgan firmalarga subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham subsidiya oladi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling