Yuqorida aytilgan huquqiy-meyoriy hujjatlarga ko‘ra O‘zbekiston respublikasida turli ko‘rinishdagi subsidiyalar beriladi. Quyida ayrimlarini keltirib o‘tamiz: 1. Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya tо‘lash tartibi tо‘g‘risidagi nizomga kо‘ra, uy-joy sotib olishda davlat budjetidan talabgorlarga ajratiladigan subsidiyalar uchun arizalar har yili birinchi martdan birinchi oktabrga qadar qabul qilinishni belgilangan. Buning uchun ariza beruvchi ipoteka kreditlari bо‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIGA о‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun rо‘yxatdan о‘tadi. 2. Subsidiyalar berishda: qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bо‘yicha foiz tо‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga; - shaharlarda — boshlang‘ich badalning bir qismini tо‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida kredit bо‘yicha foizlarni qoplash uchun — Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga tо‘lanadi. 3. Prezidentning 20.04.2021 yil kungi PF-6208-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 250-son qaroriga kо‘ra, tadbirkorlik yoki о‘zini о‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bо‘lgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini sotib olish uchun BHMning 40 baravari (10 800 000 sо‘m)gacha miqdorda subsidiya beriladi. 4. Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yilgi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga kо‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat budjetidan subsidiya ajratilishi uchun oilaning о‘rtacha oylik daromadi: quyidagicha bo‘lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |