Ijtimoiy soha iqtisodiyoti
Download 0.57 Mb.
|
1-mavzuga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur mablag‘larni ajratish “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi subsidiya limonzor tashkil qilgan shaxslarga har bir sotixi uchun 300 ming sо‘mgacha (50 sotix bо‘lsa 15 million sо‘m) bо‘lgan qismini qoplab berish uchun ajratiladi. Faqat avval limonzorni bitkazgandan keyin ishchi komissiyaning dalolatnomasi bilan bu tasdiqlansa, shundan keyin bir oy ichida subsidiya ajratiladi.8. Vazirlar Mahkamasining 145-son qaroriga 2-ilova qilib keltirilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tо‘g‘risidagi nizomga kо‘ra,“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik va о‘zini о‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bо‘lgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bо‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 10 million sо‘mgacha subsidiya ajratiladi.Mazkur mablag‘larni ajratish “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.“Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari’ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qarori asosida sarflanadi.Aholining moddiy farovonligi, sog‘lig‘i va xavfsizligini saqlashning yuksak darajasiga erishish, ularni amalga oshirish borasida kafolatlarni yuzaga keltirish uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratish bugungi kunda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yо‘nalishidir. Bu yо‘nalish har bir insonning munosib turmushi va erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tegishli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat о‘tkazish bilan amalga oshiriladi. Aholining turmush tarzi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga bо‘lgan yangicha yondashuvlar korxonalardagi mehnat munosabatlari, mehnatga haq tо‘lashni tartibga solish, xodimlar xizmatlarini baholash, ish haqini va umuman ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish kambag‘allik deb atalmish tushunchaning kamaytirilishiga bevosita ta’sir qiladi. Daromadlar siyosatining nazariy masalalarini, ularning turli darajalarda va aholining turli guruhlari uchun shakllanish usullari va mexanizmlarini bilish bilan ham aholining kam daromadli qismini kamaytirishga ta’sir etishi belgilangan. Aholining turmush darajasi insonlar hayoti va faoliyatining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari majmui bilan tavsiflanuvchi murakkab va kо‘p qirrali tushunchadir. Aholining turmush darajasini tadqiq etish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlar uchun, xususan, mamlakatlararo taqqoslash uchun dolzarbdir. Aholi turmush darajasining turli komponentlari mavjud (2.1-jadval) Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling