Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


-rasm. 2018-2021 yillarda O‘zbekistonda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar


Download 0.57 Mb.
bet26/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga



3.2-rasm. 2018-2021 yillarda O‘zbekistonda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar
О‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- 192 ta ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlariga noqonuniy ulanmalar;
- 332 ta noqonuniy tarzda ichimlik suv quduqlari qazilgani;
- 41 ta ichimlik suv limitiga amal qilinmagani;
- 21 ta holatlarda suv hisobi yuritilmagani;
- 385 ta aniqlangan avariyalar;
- 3 ta о‘rnatilgan hisoblagichlarga shikast yetkazilgan va plombalar uzilgani;
- 76 ta ichimlik suv va kanalizatsiya quduqlari maxsus qopqoqlari mavjud emasligi;
- 1 727 ta texnik shartlar о‘rganilib, 62 ta texnik shartlarda qoidabuzarliklar aniqlandi;
- 110 ta iste’molchiga 137,8 mln.sо‘mlik qо‘shimcha tо‘lovlar hamda 434,4 mln.sо‘mlik jami 231 ta ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi;
- tegishli tashkilotlarga jami 147 ta kо‘rsatmalar berildi;
- hududlarda iste’molchilar bilan shartnomaviy munosabatlarni yо‘lga qо‘yish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 3296 ta shartnoma rasmiylashtirishga erishildi.

Uy-joy, kommunal xо‘jaligi tarmog‘ini moliyalashtirish tizimi, mahalliy budjetlarning ahamiyati


Kommunal xizmat kо‘rsatishni isloh, qilishning eng muhim yo‘nalishi – bu eng maqbul narxlarda bajarilayotgan ish va xizmatlarning zarur sifati va hajmini ta’minlashga imkon beruvchi kommunal munosabatlarda raqobat muhitini yaratish va monopoliyadan chiqarish hisoblanadi.
Bu vazifalarni quyidagi yо‘llar bilan hal etish rejalashtirilgan:
- tarmoq korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, shu bilan birga ularni monopoliyadan chiqarish bо‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlash;
- uy-joy mulk egalari va boshqaruvchi tashkilot (buyurtmachi) tomonidan uy-joy kommunal obektlarni rivojlantirish va xizmat kо‘rsatishga buyurtmalarni shakllantirish, kommunal xizmatlar kо‘rsatish uchun pudrat tashkilotlarini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar jalb qilish;
- shartnomalar asosida kо‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob tizimini takomillashtirish, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun iqtisodiy va ma’muriy jazo choralarini qо‘llash;
- uy-joy fondiga xizmat kо‘rsatish uchun muqobil korxonalarni tashkil qilish, xususiy boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish va xalol rakobatning rivojlanishi yо‘lidagi tо‘siklarni bartaraf qilish yо‘lidagi, uy-joy sohasida rakobat muxitini yaratish va rivojlantirishni rag‘batlantirish;
- raqobatni rivojlantirish, maxsus ishlarni bajarish, jumladan lift xо‘jaligiga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha konkurslar о‘tkazish;
- kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bо‘yicha davlat standartlarini joriy qilish;
- tabiiy monopoliya korxonalarini konkurs bо‘yicha boshqaruvchi kompaniyalarga ishonch asosida boshqarishga berish yо‘li bilan, uy-joy sohasiga xizmat kо‘rsatish va boshqarishda raqobat muxitini rivojlantirish va monopoliyadan chiqarish;
- turli mulkchilik shaklidagi pudrat tashkilotlari tomonidan xizmatlar kо‘rsatilayotgan ayrim segmentlarda raqobat muxitini shakllantirish (kapital xarakterdagi mavsumiy ta’mirlash ishlari, yoqilg‘i va materiallar xaridi va b.);
- kelishuvlar va boshqa shartnomalarni xо‘jaligi amaliyotiga tadbiq etish, ular vositasida nodavlat investorlarga muddatli va beg‘araz asosda kommunal mulkdan foydalanish, shuningdek, tabiiy monopoliyani tashkil kiluvchi faoliyatni amalga oshirish xuquqi beriladi;
- kommunal xо‘jaligi korxonalari faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va monitoring о‘tkazish maqsadida, tartibga solish va nazoratni amalga oshiruvchi muassasalarga texnik yordam kо‘rsatish;
- faoliyat sohasidagi indikatorlari bо‘yicha ochiq hisobotlar taqdim etish maqsadida, korxonalarga asbob-uskunalar taqdim etish va texnik yordam kо‘rsatish. Shu bilan birga, uy-joy kommunal xо‘jaligining ayrim sohalarida raqobat muxitini yaratish imkoniyati mavjud, buning uchun asosiy va yordamchi faoliyat bо‘yicha vazifalarni taqsimlash yо‘li bilan tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish zarur (sanitariya tozalash va maishiy chiqindilarni utilizatsiyalash, obodonlashtirish, turli marosim xizmatlarini kо‘rsatish).
- uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish sohasida davlat nazorat tizimini
optimallashtirish.
Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish sohasida davlat nazorati va tartibga solishning asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- tarmoqning normal faoliyat kо‘rsatishi uchun qulay sharoitlar
yaratuvchi meyoriy- huquqiy va uslubiy asoslarni shakllantirish;
- uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish sohasida shartnoma munosabatlariga о‘tish uchun xо‘jaligi subektlarining mustaqillik darajasini oshirish;
- uy-joy fondiga xizmat kо‘rsatish bozori uchun sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
- xususiylashtirilgan kommunal korxonalarning profilini о‘zgartirishiga yо‘l qо‘ymaslik va bu sohada ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash;
- uy-joy kommunal xizmatlarning iste’molchilariga, belgilangan standartlar darajasida kafolatlangan xizmat kо‘rsatishning ta’minlanishini nazorat qilish;
- majburiy xizmat kо‘rsatish lozim bо‘lgan kommunal xizmatlar iste’molchilarining ustuvor guruhlari, kо‘rsatilayotgan xizmatlar minimal darajasi va iste’mol meyorlarini belgilash;
- tabiiy monopoliya subektlari tomonidan kommunal xizmatlar bо‘yicha belgilangan tariflarni xarajatlar va foydani baxolash yо‘li bilan nazorat qilish;
- suv, issiqlik, gaz va boshqa energiya vositalari sarfini tartibga solish va yakka tartibda xisobga olish jihozlarini joriy qilish bо‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
- dasturiy-maqsadli yondashuvlar va tarkibiy о‘zgarishlar asosida tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maqsadli kо‘zda tutilgan soliq siyosatini yuritish, xorijiy investitsiyalarini jalb qilish;
- korxonalar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va monitoring о‘tkazish maqsadida, tartibga solish va bashoratni amalga oshiruvchi muassasalarga texnik yordam kо‘rsatish va о‘qitish;
- faoliyat sohalaridagi indikatorlar bо‘yicha aniq hisobotlar taqdim etish maqsadida korxonalarni asbob-uskunalar bilan ta’minlash, texnik yordam kо‘rsatish va о‘qitish.
- tarifning shakllanishi va moliyalashtirish tizimini optimallashtirish.
Mavjud narxni shakllantirish tizimida korxonalar resurslarni tejaydigan chora-tadbirlar о‘tkazishdan manfaatdor emas, chunki korxona energiyani tejaydigan va boshqa chora-tadbirlar hisobiga tannarxni kamaytirish bilan u tariflarni kamaytirishga majbur bо‘ladi va olingan tejamkorlik korxona foydasiga kiritiladi hamda soliqlarni tо‘lashga ketadi. Tartibga solinadigan tariflarni shakllantirishning xarajatlar usuli va cheklangan rentabellik kommunal korxonalarning faoliyat samaradorligini oshirishga rag‘batlar yaratmaydi, chunki xarajatlarning о‘sishini tariflarning о‘sishi qoplagan bir paytda, xarajatlarning kamayishi tariflarning kamayishiga olib keladi. Bunday yondashuv korxonaning xarajatlarini kamaytirishdan emas, balki о‘sishidan manfaatdor bо‘lishiga olib keladi. Normativ tannarxdan ta’riflarni shakllantirish uchun baza sifatida foydalanish ta’rif strukturasi kо‘p energiya talab qiladigan, eskirib qolgan texnologik asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalarning mavjudligi tufayli korxonaning real moliyaviy ehtiyojlariga mos kelmaydi13.
Tartibga solish tizimi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanishi lozim:
- korxona investitsiyalardan iqtisodiy samaradan, kreditlar va foizlarni qondirish uchun foydalanish imkoniyatiga ega bо‘ladigan davlat tarifni tartibga solish tizimini yaratishi zarurati;
- kommunal korxonalar faoliyatini oldindan aytib berishni ta’minlash, ularning investitsiyalarni jalb qilish xususiyatlarini oshirish va qarzga olingan kapital qiymatini pasaytirish maqsadida tariflar о‘zgarishining izchilligi va bashorat qilinishi;
- har bir iste’molchining, jumladan, butun jamiyatning ishonchiga erishishga imkon beruvchi tariflarning aniq va ravshanliligi;
- tariflarni belgilashning aniq tartibini joriy qilish va tariflarni belgilashning ravshanligi va standartlangan jarayonlarini (moliyalashtirish va narx shakllanishini kompyuter yordamida modellashtirish), amaliy vositalarini ishlab chiqish;
- moliyaviy modellashtirish tartibini joriy qilish. Bularni amalga oshirish uchun esa xodimlar yaxshi o‘qitilishi, uzluksiz ravishda malaka osirishi lozim bo‘ladi.
Tabiiy monopoliyalarni tarif yordamida tartibga solishning asosiy vazifasi-monopoliya rentasini iste’molchilar foydasiga qayta taqsimlash va monopoliyalarga samaradorlikni oshirish uchun rag‘batlar va resurslar taqdim etish. Tashkil qilingan tartibga solish tizimi maksimal darajada samarali bо‘lishi uchun uni yaratishda quyidagilarni ta’minlash zarur:
- kommunal korxonalarni moliyaviy va tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishini munosib rag‘batlantirish;
- investorlarning istiqbolli boshqaruvi yaxshi yо‘lga qо‘yilgan kommunal korxonalarga kapital kiritishni munosib rag‘batlantirish;
- iste’molchilar, investorlar va soliq tо‘lovchilarni tartibga solish jarayoniga maksimal jalb qilish.

Uy-joy xо‘jaligini tartibga solishda qо‘llaniladigan kо‘rsatkichlar.


Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bozor munosabatlarining joriy etilishi uy-joy kommunal xо‘jaligi sohasini ham tо‘liq isloh qilish zaruratini keltirib chiqardi. Bu tizimni isloh qilish va uning faoliyatini bozor munosabatlari asosida tashkil etish uchun asosan quyidagilar ta’sir kо‘rsatgan:
- uy-joy kommunal xо‘jaligi tizimida barcha resurslar markazlashgan tartibda taqsimlanishi, shu jumladan yangi qurilib ishga tushirilayotgan uy-joy fondlari ham aholining turar joyga bо‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etilgan navbat asosida taqsimlangan;
- uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish va kommunal xizmatlar kо‘rsatish ishlari monopol davlat korxonalari tomonidan amalga oshirilgan. Ish va xizmatlar uchun yuqoridan belgilangan narxlar nomutanosib bо‘lib, korxona va tashkilotlar olgan foyda markazlashtirilgan hamda ular tomonidan zarar kо‘rilgan taqdirda, bu zararni qoplash uchun davlat tomonidan dotatsiya ajratilgan;
- shaxsiy uy-joy mulkiga egalik qilish huquqi davlat uy-joy fondidan ajratilgan kvartiradan foydalanish huquqidan amalda kamdan kam farqqa ega edi;
- davlat korxona va tashkilotlariga о‘z xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash va tegishli uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish vazifalari yuklatilgan bо‘lib, shahar (hudud) kommunal xо‘jaligi sohasini alohida tizimi sifatida boshqarish imkonini bermagan;
- asosiy xarajatlarning budjet tomonidan ajratilishi, tushum va xarajatlarning tо‘liq rejalashtirilishi, iqtisodiy manfaatdor bо‘lish imkoniyati mavjud emasligi kommunal xо‘jaligi tizimi korxonalarining samarali faoliyat kо‘rsatishiga tо‘sqinlik qilgan;
- 1991 yilda aholidan 1 kv.m uy-joy fondidan foydalanganligi uchun belgilangan tо‘lov haqiqiy xarajatning 4-5 %ni tashkil etgan, shuningdek 40% dan ortiq aholiga kommunal tо‘lovlardan imtiyozlar joriy etilgan edi. Bunday holat aholida boqimandalik kayfiyatini yanada kuchaytirgan;
- kommunal xо‘jaligi sohasi va xizmat kо‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning mahalliy hokimiyat (partiya tashkilotlari) tomonidan boshqarilishi kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga aholining tasir kо‘rsatishi uchun imkon bermasdi.
Ushbu kо‘rsatkichlarni inobatga olgan holda respublikamiz kommunal xо‘jaligi tizimida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va islohotlarning asosiy mohiyatini quyidagilarga qaratish lozim edi:
- fuqarolarda mulkka egalik hissini uyg‘otish - davlat mulki bо‘lgan uy-joy fondini xususiylashtirish, mulkka egalik huquqini beruvchi qonuniy meyoriy hujjatlar paketini shakllantirish;
- kommunal xizmatlar kо‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish, kommunal xо‘jaligi sohasida tabiiy monopoliyani tartibga solish, xizmat kо‘rsatuvchilar о‘rtasida sof raqobatni rivojlantirish, kommunal xо‘jaligi sohasini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan faoliyat kо‘rsatishini tugatish, sohaga ajratilayotgan dotatsiya miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirib borish;
- uy-joy xо‘jaligini boshqarishni takomillashtirish, turar joy binolarini saqlash va ta’mirlashda uy-joy mulkdorlar faolligini oshirish, mulkdorlarning о‘z-о‘zini boshqarish tamoyiliga asoslangan birlashma va shirkatlarini tashkil etish. Eski tuzumdan kо‘p kvartirali uylar va ulardan foydalanish, saqlash hamda ta’mirlashning samarasiz tizimini meros qilib olgan mustaqil respublikamizda 90-yillarning о‘rtalariga kelib kommunal tarmoqni isloh qilishga kirishildi.
Uy-joy kommunal xо‘jaligi sohasidagi munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi va har tomonlama mukammal meyoriy-huquqiy asosning shakllantirilishi quyidagilarni ta’minlaydi:
- fuqarolarga ularning ehtiyojlari va imkoniyatlariga kо‘ra uy-joy qurish, uni xususiy mulk qilib sotib olish, ijaraga olish (xususiylashtirish, erkin tarzda uy-joyni sotib olish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga ijtimoiy ijara shartlari asosida kommunal uy-joy berish, qurilish uchun yer maydonlarini berish orqali va hokazo);
- fuqarolarning uy-joy fondida yashash xavfsizligi (uy-joy fondlari texnik holatlarining davlat standartlarini belgilash, sanitariya, ekologik yong‘in xavfsizligi qoidalarini qabul qilish va hokazolar hamda ularni nazorat qilish orqali);
- kommunal xizmatlarga bо‘lgan zarur ehtiyojlarning qondirilishi imkoniyati va ularni iste’mol qilish xavfsizligi (kommunal xizmatlarni iste’mol qilish meyorlarini, ular sifat andozalari va foydalanish qoidalarini belgilash);
- kam daromadli oilalarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash;
- uy-joy kommunal xizmatlar bozorining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- tabiiy monopoliyalar xizmatlari narxlarini tartibga solish.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling