Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Download 0.57 Mb.
bet9/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga

Harakatlar strategiyasida aks etilisicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yо‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish о‘rni yaratildi. 2017 - 2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon kо‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta kо‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mо‘ljallangan”7. Bundan tashqari, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish borasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bо‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari tо‘g‘risida” (06.05), “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bо‘yicha qо‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida” (14.08), “2018 - 2019 yillar, turizm sohasini rivojlantirish bо‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tо‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi.

Ijtimoiy sohada baholarning roli va ahamiyati


Baho – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastakdir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidagi ayrim qarashlarda bahoni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. XXI-asr boshlaridagi nazariyalar bahoni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izohlab, bahoga xarajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Bahoni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklifga bogʻliq (2.1-rasm).

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling