Ijtimoiy soha va uning


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Download 1.41 Mb.
bet11/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

Uzluksiz iqtisodiy ta’limning yaxlit tizimini yaratishni hayotning o‘zi mustaqil davlatimizda “o‘zbek model” asosida olib borilayotgan islohotlar talab etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 28-29 avgustida bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi maktabgacha tarbiya shahobchalaridan boshlab oliy malakali mutaxasislar va magistraturani bitiruvchilariga bo‘lgan yagona ta’lim tizimini O‘zbekistonning o‘ziga xos bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoniga muvofiqlashtirishdan iborat.
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:
- Butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yangi yo‘nalishga solish hamda yangi sharoitlar va zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxasislar tayyorlash uchun yangi o‘quv yurtlari, eng avvalo texnik kollejlar, biznes maktablari va maxsus o‘quv yurtlari tashkil etish yo‘li bilan tuzilma yangilanishlarini amalga oshirish;
- O‘quv tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish;
- o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan 9-sinfni bitiruvchilar uchun tadbirkorlik faoliyati asoslari, iqtisodiy va huquqiy bilimlar darslari kiritilgan maxsus ta’lim muassasalarini barpo etish va ularning tarmog‘ini kengaytirish;
- yoshlarga milliy uyg‘onish va uning insoniy qadriyatlarini idrok etish mafkurasi asosida vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida ta’lim-tarbiya berish;
- yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularni eng yaxshi xorijiy o‘quv markazlarida professional ta’lim olishlari uchun sharoit yaratish;
- O‘zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan yuksak malakali xorijiy mutaxassislari bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish;
- Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yangi o‘quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash;
- Pedagogika kasbiga hurmatni oshirish, pedagog va murabbiylar mehnatiga qiziqishni kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit yaratish.
2017 yil 16 fevral PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoniga binoan dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura, dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimini joriy qilish nazarda tutildi.
2017 yil 20 aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turar-joylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanishi ko‘zda tutilgan.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling