Ijtimoiy soha va uning
-rasm. Hududlar bo’yicha har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni, 2016 yil.6
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
3-rasm. Hududlar bo’yicha har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni, 2016 yil.6
Maktabgacha ta’lim muassasalarining 106 tasini rekonstruksiya qilish va 195 tasini kapital ta’mirlash, shuningdek: ularni mebel, jihoz va boshqa inventarlar bilan ta’minlash. 9 ta yangi maktab qurish, 268ta maktabni rekonstruksiya qilish, 90ta maktabni kapital ta’mirlash, maktablarni o‘quv mebellari, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlash. Bugungi kunda internet manbalarida keltirilishicha dunyo bo‘yicha umumiy savodxonlik darajasi 30-40 foizni tashkil qiladi, atigi 30 yaqin mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 90 foizdan ortiq. O‘zbekistonda barcha oliy o‘quv yurtlarining to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i, kollejlarning 60 foizdan ortig‘i Internet tarmog‘iga ulangan. O‘zbekistonda savodxonlik 100% tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 16 mayda e’lon qilingan «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ham yoshlar tarbiyasi, ilm olishi va har jihatdan etuk kadr sifatida kamol topishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi respublikamiz oliy ta’lim tizimida ham sohani modernizatsiyalashning samarali uslub va vositalari joriy qilinmoqda. Jumladan, tizimga zamonaviy o‘quv va ilmiy-labaratoriya jihozlari o‘rnatilib, vizual texnika hamda texnologiyalardan foydalanish, ta’limni intellektuallashtirish kabi uslub va vositalar qo‘llanma boshlandi. Bu omillar ta’lim sifatini yaxshilanishi, talabalarning ta’lim jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlashda va o‘z ustida muttasil ish olib borishda muhim hisoblanadi. Mazkur qarorni qabul qilinishi esa bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Talaba yoshlarning intellektual salohiyatini boyitishda mamlakatimiz ta’lim muassasalarining jahonning eng nufuzli o‘quv yurtlari bilan qalin aloqada o‘rnatilganliklari, Toshkentda Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Singapur kabi davlatlar nomdor institut va universitetlarining filiallari tashkil etilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash eng yuksak jahon andozalari asosida tashkil etilishi bilan bir qatorda, professor va o‘qituvchilar, studentlarning o‘zaro tajriba almashishlari, hamkorlikda ilm-fanning etakchi yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017 yil 14 mart kuni “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida: Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling