Ijtimoiy soha va uning
Sog‘liqni saqlash sohasining iqtisodiy munosabatlar
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Davolash profilaktika muassasalari soni (1991-2016 y.) 7
1. Sog‘liqni saqlash sohasining iqtisodiy munosabatlar
tizimidagi o‘rni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Sog‘liqni saqlash tizimi xizmat ko‘rsatish sohasiga kiradi. Iqtisodchilar xizmatlarga ko‘pincha moddiy qimmatdorliklar yaratiladigan barcha foydali faoliyat turlarini kiritishadi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini xizmatlar sohasiga kiritishning asosiy mezoni bo‘lib, his qilib bo‘lmaslik, ushbu sohada ishlab chivarilayotgan mahsulotning ko‘rinmaydigan xarakteri hisoblanadi. Xizmatlarni asosan his qilib bo‘lmaydi va ular bir narsaga egalikni olib kelmaydi. Bu holat birinchi navbatda jahon xizmatlar savdosida katta hissaga ega bo‘lgan xizmatlarni ajratib ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Jumladan, transport xizmatlari va turizmga xizmatlar bilan savdo qilishning ¼ qismi to‘g‘ri keladi. Ammo jamiyatda tibbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari mavjud u quyidagi tavsif notaga ega va u moddiy tovarlardan quyidagilar bilanfarqlanadi: a) uning nomoddiy xarakteri va xis etib bo‘lmasligi; b) uni saqlab bo‘lmasligi; v) sifatining bir jinsli emasligi va o‘zgaruvchanligi. O‘tgan asrning 70-80 yillarida ayrim iqtisodchilar sog‘liqni saqlash sohasini moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatoriga kiritish lozimligi haqida o‘zlarining qarashlarini bayon qilishgan va bu borada nomzodlik va doktorlik ilmiy izlanishlarni ham olib berishgan. 1-rasm. Davolash profilaktika muassasalari soni (1991-2016 y.)7 Ammo bir qator iqtisodchi olimlar sog‘liqni saqlash tizimini xizmatlar sohasidagi o‘ziga xos o‘rni va rolini tahlil qilib uni nomoddiy sohaga ta’luqlidir deb o‘zlarining qarashlarini dalillar bilan isbotlab berishgan. Xullas sog‘liqni saqlash tizimi moddiy ishlab chiqarishga qaraganda bir qator o‘z xususiyatlariga ega va u quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, tovarlardan farqli ravishda u bir vaqtda ishlab chivariladi va bir vaqtda iste’mol qilinadi va saqlanmaydi. Ikkinchidan, tovarlar bu soha odatda moddiy ishlab chiqarish sohasiga qaraganda xorijiy raqobatdan davlat tomonidan himoya qilinadi. Uchinchidan, bu soha davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi va tartibga solinib turiladi. To‘rtinchidan, bu soha ishchi kuchini takror hosil qilishni sog‘lom komil va barkamol insonni hamda barqaror iqtisodiy o‘sinshni ta’minlaydi. Xalq salomatligi, ayniqsa, ona va bola muhofazasi istiqlol yillarda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Jumladan, onalar sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun skrining markazlari tashkil etilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog‘lom oilani shakllantirish, bola tug‘ilganda, uni parvarish qilishda, emlashda davlat tomonidan beg‘araz yordam berish, shuningdek bolalarga barcha tibbiy xizmatlarni bepul ko‘rsatish, bolalikdan nogironlar, etimlar, kam ta’minlangan oilalardan iborat bo‘lgan ijtimoiy nochor qatlamning davlat tomonidan muhofaza qilinishi mamlakatimiz qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling