Ijtimoiy soha va uning
-rasm. Aholining shifoxona o`rinlari bilan ta`minlanganlik darajasi dinamikasi (1991-2016 y.)8
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari
2-rasm. Aholining shifoxona o`rinlari bilan ta`minlanganlik darajasi dinamikasi (1991-2016 y.)8
Bugun mamlakatimizda barcha sohalarida bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Zamon talablari darajasidagi tibbiy xizmatni tashkil etish ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning bosh maqsadidir. 2. Sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, takror ishlab chiqarish jarayonlarini inson manfaatlari uchun bo‘ysundirishga qaratilgan. Uni har tomonlama shaxs sifatida rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy tizimni yaratishdir. Jamiyatimizning rivojlanish davrida sog‘liqni saqlash tizimi xalq xo‘jaligining muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohasi va o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, bu tizimning asosiy vazifasi – fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, ularga yuqori malakali tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatishni ta’minlashdan iboratdir. Sog‘liqni saqlash tizimining iqtisodiy islohotlar davrida bozor munosabatlariga o‘tishi munosabati bilan unda ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari va sub’ektlari singari mulkchilikning turli ko‘rinishlari shakllanib kelmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida tibbiy muassasalar mulkchilikning turli shaklidan va tashkiliy-huquqiy maqomidan qat’iy nazar aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlashni davlat muntazam ravishda o‘z nazorati ostiga olib keladi. Aholining turmush darajasini oshirish, ish sharoitini yaxshilash, dam olishga sharoit yaratish va ekologik muammolarni hal etish aholining salomatligini mustahkamlashda asosiy tamoyilligicha qoladi. Jumladan, aholining salomatligiga, jismoniy rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: yashash tarzi sharoitlari – 48-50%, tabiiy muhit – 20-22%, inson genetikasi (nasli) – 18-20%, sog‘liqni saqlash tizimi – 8-14%. Insonning salomatligiga sog‘liqni saqlash tizimi bor-yo‘g‘i 8-14% ta’sir etishligiga qaramasdan, ushbu tizimni rivojlantirish va takomillashtirish aholining sog‘lig‘ini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot o‘z mohiyatiga ko‘ra avvalambor ishlab chiqaruvchi kuchlarning asosi bo‘lgan insonlarni kamol toptirish, ularni ishlay olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tabiiy muhitni musaffo qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish va boshqa bevosita yoki bilvosita aholining sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni hal etishga qaratilgandir. Tabiiyki, sog‘liqni saqlash tizimi rivojlantirish tibbiy muassasalarning zarur asbob-uskunalar, dori-darmonlar bilan ta’minlash, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va boshqa muammolarni echimi bilan birgalikda olib boriladi. Shu jihatdan aytish joizki, sog‘liqni saqlash tizimining asosiy poydevori iqtisodiyot hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash tizimining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, uning muammolari barcha aholiga t’sir etadi. Har bir inson o‘zining yoshi, jinsi, ma’lumot darajasi va ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar u yoki bu darajada tibbiy muassasalarga yordam uchun murojaat qiladi. Uning mehnatga layoqatligi, oiladagi o‘zaro munosabatlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat siyosatiga ishonish darajasi bu yordamning sifatiga bog‘liq. Umuman olganda, Mustaqillik yillarida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash borasida amalaga oshirilgan ishlar ko‘lami salmoqlidir. Jumladan, juda qisqa vaqt ichida yurtimizning eng chekka chishloq va ovullarida zamonaviy tibbiy jihoz va ashyolar bilan ta’minlangan qishloq vrachlik punktlari, Respublika shoshilinch tibbiy markazi va uning joylardagi filiallari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy ilmiy-amaliy markaz (urologiya, jarrohlik, kardiologiya va ko‘z mikroxirurgiyasi), tug‘ma nogironlikning oldini olishga mo‘ljallangan juda qimmatbaho zamonaviy jihozlar, laboratoriya uskunalari bilan ta’minlangan Skrining markazlari aholiga xizmat qilib kelmoqda. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling