Ijtimoiy soha va uning


Sog‘liqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga


Download 1.41 Mb.
bet17/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

4. Sog‘liqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga
o‘tishdagi o‘ziga xos xususiyatlari

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, buyruqbozlik tizimidan bozor iqisodiyotiga o‘tish davrining dastlabki bosqichlarida sog‘liqni saqlash tizimida resurslarning etishmasligi, raqobatning o‘ta pastligi, byurokratik to‘siqlarning va boshqa omillarning mavjudligi, bozor munosabatlarining rivojlanishini sekinlashtiradi. Uning ijtimoiy vazifalarning bajarishi e’tiborga olinsa, ishlab chiqarish sohasidagi bozor munosabatlari tajribasini, yutuqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mazkur tarmoqqa ko‘chirib bo‘lmaydi. Buni tibbiy xizmatlarning sifatini iste’molchilar (bemorlar) tomonidan nazorat qilish qiyinligi bilan tushuntirish mumkin. Sog‘liqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga o‘tishi munosabati bilan unda ishlab chivarishning boshqa tarmoqlari singari mulkchilikning turli ko‘rinishlari shakllantirilmoqda. Bu esa tarmoqning turli tashkiliy-huquqiy tarkiblar faoliyatini tartiblashda davlatning rolini yanada oshiradi. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida tibbiy muassasalar mulkchilikning shaklidan, tashkiliy, huquqiy maqomidan qat’iy nazar, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlashi zarur.


Sog‘liqni saqlash tizimi inson faoliyatining turi sifatida xodimlarning bandiligi va resurslarni ishlatish ko‘lami bo‘yicha (moddiy, moliyaviy, kadrlar) xalq xo‘jaligining yirik tarmog‘iga aylandi. Sog‘liqni saqlash tizimi funksional va texnologik aloqalari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan doimo kengayib bormoqda. Funksional aloqalar tarmoqning asosiy maqsadiga erishish – odamlarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, texnologik aloqalar esa turli resurslardan oqilona foydalanish zaruriyati bilan aniqlanadi. Xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari kabi sog‘liqni saqlash tizimi turli resurslarni, tibbiy xizmatning yangi turlarini yuzaga kelturuvchi ilg‘or texnologik yutuqlarni birlashtiradi, natijada tarmoqlararo aloqalar kengayadi.
Sog‘liqni saqlash tizimi hakida gapirganimizda, faqat xizmatlar haqida emas, balki sog‘liqni ishlab chiqarish omili haqida ta’kidlash asosiy maqsadi bo‘lmog‘i lozim. Sog‘liqni saqlash tizimining kompensator vazifasi odatda, iqtisodiy nazariyada va amaliytda birozgina aks etadi. Lekin uning umumiy kasallanishga, o‘limning kamayishiga, odamlarning mehnatga qobiliyatlik davrini uzaytirishga ta’sirini aniqlash o‘ta mushkul.
Sog‘liqni saqlash tizimi ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy qismi bo‘lib, u inson hayotining turmush darajasi va farovonligi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etar ekan, shu bilan birgalikda jamiyatning mehnat salohiyatini shakllantirishi bilan ijtimoiy kafolatlarni amalga oshirib boradi. Sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy boshqaruv ta’sirida yuz beradi, ularning orasida ijtimoiy boshqaruv ustivor hisoblanadi. Chunki, jamiyatning o‘sishi insonga, uning ehtiyojga, farovonligiga oxir-oqibatda – sog‘liqni saqlash imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Shuning uchun sog‘liqni saqlash tizimining iqtichodiy-ijtimoiy vazifalari fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan muhim dasturlarni amalga oshirib, mufassal o‘rganilishi juda ham muhimdir.
Ilgari tibbiyotning insonparvarlik jihati haqida ko‘p gapirilar edi-yu, ammo uning moliyaviy jihati e’tibodan chetdan qolar edi. Natijada, ajratilgan mablag‘ning ba’zi sohalarda samarasiz sarfdanishi, tizimning moddiy-texnik bazasini nochor ahvolga tushib qolishiga, tibbiy xodimlarning faqat kasb mahoratini emas, balki ularning ma’suliyatini ham kamaytirishga olib keldi. Lekin sog‘liqni saqlash sohasida chegaralanmagan monetarizm ijtimoiy muvozanatni izdan chiqarish omili bo‘lishi mumkin. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga sarflanadigan xarajatlarning o‘sishi, qator iqtisodiy muammolarni hal etilishini taqozo etadi: jamiyatda sog‘liqni saqlash xizmati narxini belgilash, milliy boylikning muhim qismini tashkil etuvchi va iqtisodiyo‘sishning omili sifatida sog‘liq salohiyatini baholash, hamda sog‘liqni saqlash tizimining resurslar salohiyatini aniqlash va uni shakllantirish yo‘llarini qidirish shular jumlasidga kiradi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sog‘liqni saqlash tizimi ob’ektlari samaradorligining barcha usullarini ishlab chiqish, tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy dastaklariga asoslanga, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasida iqtisodiy munosabatlarning moslanuvchan mexanizmini yaratish talab qilinadi. Unda tizimni rivojlantirish iqtisodiy jihatlari tibbiy-biologik va ijtimoiy muammolar bilan bog‘lanishi lozim.
Sog‘liqni saqlash tizimida bozor munosabatlarining qaror topishi eng avvalo tibbiy xizmatlarga erkin narx belgilash uslubiyoti, tartibotini va tartibga solishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Qachonki tibbiy xizmat bozori to‘yingan xususiyatga ega bo‘lsa, shundagina erkin narx belgilash imkoni mavjud bo‘ladi. Xizmatlarga belgilangan narxlar naqadar adolatli ekanligi bevosita tibbiy xizmatlar bozori, undagi raqobat va iste’molchining o‘zi nazorat qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, tibbiy xodimlarning xizmatiga iste’molchilar tomonidan pul to‘langan taqdirdagina taklif muvozanati asosida xizmatlar baholanadi, bu esa bozor munosabatlari sharoitida xizmatlarning baholanish qonuniyati yuzaga keladi.
Sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini talab qilinadigan darajaga etkazish faqat sarflanayotgan mablag‘larni qaytarib olish emas balki anchagina foyda hisobidan ko‘rish mumkin. Tibbiyot butun dunyoda moliyaga muhtoj birdan bir soha hisoblanadi. Davlat xalqning barcha talabiga javob beradigan sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan moliyalashtirishga qodir emas, shuning uchun moliyalashtirishning boshqa manbai bo‘lib, korxonalar, tashkilotlar, sug‘urta kompaniyalari, fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash tizimida bozor munosabatlarining rivojlanishi tibbiy muassasalar tarmog‘ida iqtisodiy shaklning o‘zgarishi uni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishda ko‘rinadi. Davlat muassasalari bilan bir qatorda, turli mulkchilikka asoslangan tibbiy aksionerlik sohalari, notijorat yoki xususiy tibbiy muassasalarni shkallanishi taqozo etiladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling