5. Sog‘liqni saqlash tizimidagi moliyaviy siyosat
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni aniq ijtimoiy yo‘naltirganligi bilan ajralib turadi. Islohotlar boshidan davlat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish yo‘lidan bordi. Islohotlarni amalga oshirishning murakkab sharoitida sog‘liqni saqlash sohasi har jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridan. Mamlakat byudjetidan ham, xalqaro jamg‘armalar tomonidan ham moliyalanayotgan ko‘plab ijtimoiy dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ularning barchasi sog‘liqni saqlash tizimi tuzilmasini takomillashtirish, tibbiy xodimlar malakasini oshirish, mamlakat aholisiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida islohotlarning chuqurlashuvi davrida sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash borasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish chora-adbirlari bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqildi. Aholiga pullik asosida yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tartib va tariflari, bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolash, sog‘liqni saqlash muassasalarinni o‘z-o‘zini mabalg‘ bilan ta’minlash tamoyillariga bosqichma-bosqich o‘tish tartibi belgilangan.
4-mavzu
|
Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi va uning asosiy ko‘rsatgichlari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |