Ijtimoiy soha va uning
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimidagi
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
1. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimidagi
islohotlarning maqsadlari va vazifalari Mustaqilligimizning ilk yillaridayoq sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish borasida dastlabki amaliy qadamlar qo‘yildi. Birinchi Prezidentimizning 1993 yil 23 apreldagi Farmoni bilan mamlakatimizda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasi tashkil etildi hamda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ham ta’sis etildi. Bu ishlar o‘zining buyuk kelajagiga intilayotgan xalqimizning sog‘lom avlod tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qarashidan dalolat edi. Ana shu tadbirlarning uzviy davomi sifatida Respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy maqsadlari va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda sog‘liqni saqlash sohasini, xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda Davlat davsturida tarmoqni iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan bozor munosabatlariga ko‘nikma hosil qilishni ko‘zda tutuvchi sog‘liqni saqlashni isloh qilishning strategik yo‘nalishlari belgilab berilgan. Islohotlarni amalga oshirish jaryonida bir qancha salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi, shulardan ba’zilariga e’tibor beradigan bo‘lsak bu tizimdagi onalik va bolalik muhofazasi bilan bog‘liq ayrim jihatlarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ayolga va o‘si kelayotgan yosh avlodga bo‘lgan e’tibor, bu – jamiyatning ertasi va kelajagiga e’tibor demakdir. Qolaversa, ona va bola muammosi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq hodisa. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Endilikda onalar va bolalarga munosabat bir oiladagi ma’naviy-axloqiy mezon doirasidan chiqib, umummilliy, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, sog‘lom oilani shakllantirish, yoshlarni turmushga tayyorlash bo‘yicha yangi tizimlar barpo etildi. Muhimi, zanjir misol, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sog‘lom avlod, sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat g‘oyasi amalga oshirilyapti. Ayniqsa, homiladorlik va tug‘ish paytida ona va bola salomatligini nazorat qilish, tug‘ish yoshidagi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tug‘riuq majmualari, “Ona va bola” sog‘lomlashtirish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, perinatal markazlar kabi biz uchun yangi bo‘lgan tizimlarni joriy etish, bundan 10-15 yil ilgari oldimizda jiddiy muammo bo‘lib turgan masalalar bugungi kunda o‘zining ijobiy echimini topayotgani quvonchlidir. Hozir yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida 5406 nafar pediatr, 1405 nafar neonatolog, 5584 nafar akusher-ginekolog va boshqa ixtisoslashgan sohalar shifokorlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Aytish joizki, sog‘liqni saqlash tizimini yuksaltirishga qaratilgan ana shu huquqiy hujjatlarga binoan, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar mutlaqo yangicha tarzda tashkil etildi. Oliy ma’lumotli shifokorlar tomonidan malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida respublikamizning eng olis hududlarida ham kam samarali feldsherlik-akusherlik punktlari va ambulatoriyalar o‘rniga zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan qishloq vrachlik (QVP) barpo etildi. Ularning soni bugungi kunda 3,1 mingdan o‘tib ketdi. Islohotlar mahsuli sifatida tashkil etilgan yangi tizim – Respublika SHoshilinch tibbiyo yordam markazi, yurtimizning deyarli barcha viloyatlari markazlarida ixtisoslashgan zamonaviy “Ona va bola skrining” markazalari aholiga yuqori malakali tibiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan bir necha yil avval tashkil etilgan dastlabki 4 ta ixtisoslashtirilgan tibbyot markazlari tajribasidan kelib chiqib, mamlakatimizda tibbiyot sohasining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha yana oltita ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tashkil etilganligi fuqarolarimizning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish kabi konstitutsiyaviy huquqini (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasi) yuqori saviyada ta’minlashga xizmat qilishi aniq. Mamlakatimizda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi keyingi 10 yilda 20 foizga kamaydi. Go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi esa tug‘ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa nisbatan 23 tadan 11 taga tushdi. Onalar o‘limi ham keskin kamayishiga erishildi. Xususan, 1991 yilda har ming nafar onaga 65 ta o‘lim holati kuzatilgan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rstakich 22 nafargacha qisqardi. Bularning barchasi aholining turmush sharoiti va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini izchillik bilan yaxshiliash natijasi ekanligini alohida qayd etish darkor. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling