Ijtimoiy soha va uning
Sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan yutuqlarni
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
2. Sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan yutuqlarni
xalqaro miqyosda e’tirof etilishi Mustaqillik yillarida tibbiy sohasida mamlakatimiz erishayotgan natija va yutuqlar jahondagi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Jumladan, BMTning bolalar jamg‘armasi YUNISEFning SHarqiy Evropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdustligi mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Mariya Kalivis 2008 yilda yurtimizda bo‘lib, “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, xususan, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida ko‘pgina davlatlar o‘rgansa arziydigan tajriba to‘plangan”, deya ta’kidlagani fikrimiz dalilidir. Yoki BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Fikret Achkura “O‘zbekistonda salomatlikka doir ko‘rsatkichlar va sog‘liqni saqlash sohasida erishilgan natijalar kishini lol qoldiradi”, deya baho berishida ham katta mezon bor. Ma’lumki, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatuvchi “Bolalarni asrang” (“Save the Children”) xalqaro tashkiloti onalar va bolalar huquqlari bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. Mazkur xalqaro muassasaning yuzlab tadqiqotchilari tomonidan dunyo mamlakatlarida onalik va bolalik muhofazasi bilan bog‘liq hisobotda O‘zbekiston erishayotgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz jahonning 125 davlati orasida ayollarga yaratib berilgan shart-sharoitlar darajasi bo‘yicha 19 o‘rinda ekanligi e’lon qilindi. Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, ushbu ko‘rsatkich nafaqat mintaqa yoki MDH, balki Osiyo qit’asida eng yuqori daraja hisoblanadi. Mustaqillik mamlakatimizda xalqaro andozalardagi tibbiy xizmat ko‘rsatish asoslarini yaratib berdi. Bundan keyin, shubhasiz, mamlakatimiz tibbiyoti yanada rivojlanib boraveradi. Bugun ana shu maqsad yo‘lida olib borilayotgan islohotlar bunga xizmat qiladi. Zero, xalq sog‘lig‘ini saqlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadlarini ko‘zlab ajratilayotgan byudjet mablag‘lari yildan yilga ko‘payib bormoqda. Germaniya va Yaponiya davlatlari tomonidan ham tibbiy islohotlarimiz samimiy qo‘llab-quvvatlanmoqda . Xususan, Yaponiyaning JICA agentligi Respublika ixtisoslashtirilgan Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazning zamonaviy davolash-diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlanishi uchun 3,5 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘i ajratdi. Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy markazi va Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinikalari KFV Bankining (Germaniya) 10,5 mln. evro granti doirasida eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling