Ijtimoiy soha va uning


Turizm sohasining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.41 Mb.
bet24/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

1. Turizm sohasining o‘ziga xos xususiyatlari
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoklari bilan bir qatorda turizm sohasini rivojlantirishga ham katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida turizm iqtisodiyotning dinamik rivojlanuvchi va nisbatan foydali tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Shu bois, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida turizm industriyasini jadal rivojlantirish iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalish sifatida alohida o‘rin olgan.12
Uzbekistonda turizmni har tomonlama rivojlantirish uchun bu sohaga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish zarur. Ko‘p mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish, oldin turistik oqimni vujudga keltiruvchi joy deb tan olinmagan mamlakatlarda ham «yangi turistik talab» shakllana boshladiki, ular global turistik talabning bozordagi ko‘lami kengayishiga olib keldi.
O‘zbekistonda ham turizm sohaning yo‘lga qo‘yish maqsadida muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining farmoni bilan 1992 yil 27 iyulda “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tashkil topishi respublikamizda turizm ishining yangilanish jarayonini boshlab berdi. Farmonda “O‘zbekturizm” MK tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar ro‘yxati tasdiklandi.
Turizm – bu aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yirik tarmoq bo‘lib, u odamlar ehtiyojini qondirish uchun turli hil tovarlar va xizmat turlaridan foydalaniladigan o‘ziga xos iqtisodiy sohadir. Tovardan farkli ravishda, turistik xizmat o‘z tabiatiga ko‘ra tashib bo‘lmaslik xususiyati bilan ajralib turadi. Turistik bozorlar ikki - kelgindi va uzatish turlariga bo‘linadi. Shu bois turizm bevosita foydalanish va xizmat ko‘rsatish joyida zamonaviy xizmat ko‘rsata oladigan ishlab chiqarish quvvatlarini va infratuzilmani rivojlantirish zaruriyatini tug‘diradi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling