Ijtimoiy soha va uning
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
4. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti
xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohani tutgan o‘rni Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet tashkilotlariga, ayniqsa ijtimoiy sohaga e’tibor yanada ortib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi qarorining qabul qilinishi byudjet tizimi xarajatlarini isloh qilish sohasida 2000 yildan boshlab burilish davrini boshlab berdi, ya’ni byudjet tashkilotlarini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligi kengaytirildi, byudjetdan moliyalashtirish mexanizmi soddalashtirildi, byudjet tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha zaruriy erkinliklar belgilandi. Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi quyidagilarga yo‘naltirilgan: - byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarning miqdorini inflyasiya darajasidan yuqoriroq darajada oshirish. Bundan ko‘zlangan maqsad, respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishdan iborat; - jamiyatni yangilash va o‘tkazilayotgan islohotlarning asosiy bo‘g‘ini sifatida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini amalga oshirish uchun. Buning doirasida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining turmush tarzini yaxshilash, ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumta’lim maktablarning o‘qituvchilarining, birinchi navbatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mehnatlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga ijtimoiy sohaga xayriya yo‘lida alohida yig‘ilgan pullar va har xil homiylar bergan pullar ham ishlatilishi mumkin. Shuning uchun moliya tizimida maxsus va xayriya fondlari ham o‘ziga yarasha o‘rin tutadi. Maxsus maqsadga qaratilgan fondlar moliyasi turli sub’ektlarning, fuqarolarning pul mablag‘larini aniq bir maqsadni amalga oshirish uchun yig‘ib birlashtirish va ishlatishga qaratilgan, turli sub’ektlarning homiyligi asosida mablag‘lar yig‘iladi, ular foyda topish uchun emas, balki aniq qo‘yilgan maqsadni ko‘zlab ishlatiladi. Masalan, «Ulug‘bek» fondi, «Kamolot», iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradigan turli jamg‘arma fondlari. Respublikamizda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondining yosh avlodni, onalarni sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, tiklashga qo‘shayotgan hissasi, hamda Yaponiya, Koreya, Fransiya, SHveysariya va boshqa bir qancha davlatlar respublikamizning ta’lim sohasini yangi pedagogik uskunalar bilan jihozlashga, oliy ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini malakasini oshirishda ham yordam bermoqda. Yurtimizda sport sohasini yanada rivojlantirish, o‘zbek futboli rivojini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Toshkent shahrida “Bunyodkor” sport majmuasi qurish foydalanishga topshirildi. Bolalar sportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarimiz bugungi kunda o‘zining amaliy samarasi va xosilini bermoqda, bunga misollar juda ham ko‘p, ya’ni nufuzli xalqaro musobaqalarda respublikamiz sportchilari ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.
Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling