Ijtimoiy soha va uning
Ijtimoiy sohada mehnat va moddiy xarajatlar
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
1. Ijtimoiy sohada mehnat va moddiy xarajatlar
Xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari mehnati jamiyat yangi mehnatining bir qismi hisoblanadi. U jamiyat uchun foydali bo‘lgani sababli jamiyat tomonidan nazorat qilib boriladi. Moddiy ishlab chiqarishda mehnat oddiy vaziyatlar: faoliyatning turli-tumanligi, mehnat vositalari, mehnat predmeti va mehnatning bevosita o‘zi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy sohada inson va tabiat o‘rtasida bevosita almashuvning yo‘qligi sababli bu sohalar mehnati moddiy ishlab chiqarish xodimlari yaratgan buyumlar va shu buyumlarni yaratishdagi foydali samaradorlik vositasi orqali aniqlanadi. Bu foydali samaradorlikka erishish uchun ishlatiladigan moddiy vositalar moddiy ishlab chiqarishda ham, ijtimoiy sohada ham buyumlarni tavsifi va iste’mol qiymati bo‘yicha bir xil qo‘llash mumkin, deganidir. Xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlatiladigan moddiy vositalar chiqarish vositalari sifatida emas, balki alohida iste’mol predmeti sifatida yuritiladi. Lekin ijtimoiy sohada iste’mol predmeti sifatida foydalaniladigan moddiy vositalarni oddiy ehtiyoj predmetidan alohida ajratiladigan tomonlari ham mavjud. Birinchidan, undan shaxsiy ehtiyoj uchun emas, balki umumehtiyoj uchun foydalaniladi. Ikkinchidan, uning iste’moli bevosita umumiy shaklda amalga oshadi. Uchinchidan, ularning iste’mol qiymatidan foydalanish faqatgina yaratilgan foydali samaradorlik iste’mol qilingandagina ro‘y beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar ijtimoiy sohada moddiy va mehnat xarajatlarining alohida tomonlarini ochish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy sohada mehnatning o‘ziga xos tomoni ularda mehnat predmetlari iqtisodiy ma’noda qatnashmaydi. Bu erda, birinchidan, mehnat insonga bevosita yoki buyum sifatida (san’at asari), mehnat mahsuloti kabi ijtimoiy va badiiy tasvirni tashkil qiluvchi ma’naviy samaradorlik orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatida moddiy ishlab chiqarishdagi sotish va almashtirish bilan bog‘liq mehnat predmetlari qatnashmaydi. Shuning uchun ham muomala sohasida mehnat samarasi yangi moddiy farovonlik yaratish ko‘rinishida ifodalanmaydi. Aksincha, ijtimoiy sohada mehnat ba’zi umumiy vazifalarni bajarish uchun qaratilgan bo‘lib, qiymat shaklini almashtiradi. Uchinchidan, ijtimoiy sohada qat’iy iqtisodiy maqsadga mo‘ljallangan mehnat vositalari va qurollari yo‘q. Ijtimoiy sohada mehnatning alohida tomoni shundan iboratki, bu erda asosiy jarayon xizmat ko‘rsatish asosida amalga oshiriladi, lekin moddiy farovonlik iste’mol qilinibgina qolmaydi, balki mehnat-kashlar shaxsiy ehtiyojlarining bir qismini qondiruvchi yangi ehtiyoj farovonligi yaratiladi va iste’mol qilinadi. Bu sohalarda mehnat jarayoni ko‘p hollarda bevosita zamon va vaqtdan kelib chiqib shaxsiy ehtiyojga mos tushadi va uning asosiy qismini tashkil qiladi. Noishlab chiqarish jamg‘armalarini iste’mol predmeti hisoblanishining isboti sarmoya qo‘yilmalarini rejalashtirishda moliyalashni tashkil qilishda va takror ishlab chiqarishda o‘z aksini topadi. Ehtiyoj predmeti sifatida ular noishlab chiqarish mahsulotini yaratishda qiymat olib kelmaydi va takror ishlab chiqarish uchun javob beradigan iqtisodiy baza yaratmaydi. Soha xodimlari mehnati moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar mehnatidan tubdan farq qilib, alohida umumiy shaklda tavsiflanadi. U qiymat yaratmaydi va o‘ziga sarflanadigan moddiy xarajatlar qiymatini qoplash xususiyatiga ega emas.39 Noishlab chiqarish jamg‘armalaridan foydalanish moddiy mahsu-lotning ma’lum qismini oxirigacha iste’mol qilish bilan tengdir. Noishlab chiqarish jamg‘armalari iste’mol ko‘rinishini yo‘qotish bilan birga iqtisodiy qiymatini ham to‘la yo‘qotadi. Noishlab chiqarish jamg‘armalarining kengaytirilgan va oddiy takror ishlab chiqarishning yagona manbai jamiyat tomonidan yaratilgan milliy daromadning noishlab chiqarish ehtiyojiga ajratilgan qismidir. Ijtimoiy soha moddiy resurslari va mehnati iqtisodiy tabiatning asosi, ularning qiymat yaratishdagi o‘rni, chegarasi, o‘zaro aloqasi, mutanosibligi va ta’sir darajasi yaratilayotgan xizmat hajmini baholash imkoniyatini beradi. Mehnat va moddiy resurslar xizmat yaratish jarayonida mutanosiblikni aniqlashning tavsiflovchi, xarajat va mehnat unsurlari sifatida ko‘rinadi. Xizmatni yaratish katta xarajatlar evaziga amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi, eng ko‘p xarajat ish haqi uchun sarflanadi. Bu xarajat ijtimoiy sohada yuqori mehnat sig‘imidan dalolat beradi va bu sohalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil mehnat hisoblanadi. Moddiy va mehnat resurslar o‘rtasidagi aloqa bir kishiga to‘g‘ri keladi va asosiy jamg‘armalar hajmini hisoblashda va xodimlarning jamg‘arma bilan qurollanishida o‘z aksini topadi. Shuning uchun noishlab chiqarish jamg‘armalari hajmining oshishi aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajaga ko‘tarish omili hisoblanadi. YAngi zamonaviy kasalxonalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlarini ishga tushirish xizmat sifati darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bunda sifat o‘z ahamiyatiga ko‘ra xizmat faoliyati natijasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, asbob-uskunalar, mexanizmlar va moslama-larning qo‘llanishi yangi xizmat turini yaratish uchun zarur hisoblanadi. Masalan, bir qator kasalliklarni zamonaviy tibbiy uskunalar, jihozlar va dori-darmonlarni qo‘llash evaziga davolash mumkin. Bu sohalarning yangi xizmat turlarini yaratishda noishlab chiqarish jamg‘armalari asosiy rol o‘ynaydi. Ko‘p sig‘imli binolarni qurish, zamonaviy texnika vositalarini qo‘llash, xizmat ko‘rsatilayotgan aholi sonini ko‘paytirish imkonini beradi. Moddiy vositalar ijtimoiy sohada ishchi kuchining almashinuviga va har bir mijozga ko‘rsatilayotgan xizmat birligiga qilinayotgan xarajatni qisqartirishga olib keladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling