Ijtimoiy soha va uning


Ijtimoiy sohadagi mehnat natijalarining o‘lchovlari


Download 1.41 Mb.
bet51/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

2. Ijtimoiy sohadagi mehnat natijalarining o‘lchovlari

Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi doimo jamiyatning o‘zi, ya’ni inson va uning ijtimoiy munosabatlari hisoblanadi. Soha xodimlari faoliyati ta’sirida shaxs va ijtimoiy hayot ba’zi tomonlarining shakllanishi bu soha mehnatining pirovard natijasi hisoblanadi. Masalan, tibbiyot xodimlari mehnatining pirovard natijasi bemorlarni sog‘lomlashtirish bo‘lsa, xalq ta’limida o‘quvchilar bilimidir.


Pirovard natija jamiyat yoki shaxsning alohida ehtiyojini qondirish bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy soha mehnat faoliyati ana shu yo‘nalishga qaratilgan. Lekin, mehnat jarayonining yo‘nalishi va maqsadini aniqlash ijtimoiy soha xodimlarining mehnat natijalariga to‘liq bog‘liq emas. Masalan, inson salomatligi faqat tibbiyot xodimlari mehnat faoliyatiga emas, balki genetik omillar, mehnat sharoitlari va yashash manbalariga ham bog‘liq. O‘quvchining bilim darajasi faqat pedagog mehnatiga emas, balki boshqa shartlarga, ya’ni o‘quvchining salohiyatiga ham bog‘liq. Shunday qilib xizmat ko‘rsatish xodimlari mehnatining pirovard natijasi to‘liq shakllanmay qolish ehtimoli bo‘lishi natijaning yaxshi bo‘lishiga ular o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Mehnat natijalari natural, vaqt va pul o‘lchovlarida o‘lchanadi. Ijtimoiy sohadagi erishilgan natijalar esa son va sifat jihatidan turlicha baholanadi. Pirovard natija shaxs va jamiyat aloqalarini o‘zida mujassamlashtirgani uchun uni baholash qiyin kechadi. Ko‘pincha baholash son ko‘rinishida bo‘lmaydi. Ijtimoiy soha mehnatidan foydalangan inson shaxsini iqtisodiy tahlilda pul orqali baholash qabul qilinmagan.40
Pirovard natijalarni baholashda inson ehtiyojini qondiruvchi sifat ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi. Bu esa ma’lum doirada pirovard natijaga erishish darajasini e’tiborga olishni taqozo etadi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari mehnat natijalarini baholashning oddiy usuli – natura o‘lchovini qo‘llashga asoslangan. Bu usul bir xil faoliyat natijalarini hisobga olishda qo‘llaniladi. Tarmoqlarda ijaraga berilgan buyum soni, tashilgan yo‘lovchilar, oliy o‘quv yurtlarida tayyorlangan mutaxassislar, teatr tomoshasiga kelgan tomoshabinlar soni va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlashda natura o‘lchovlaridan foydalaniladi.
Lekin bir faoliyat natijasi bir necha xil natura ko‘rsatkichlarida tavsiflanishi mumkin. Masalan, shifoxonaning davolash faoliyati bir tomondan, tashrif buyurgan davolanuvchilar miqdori, ikkinchi tomondan, ko‘rsatilgan davolash kursi soni bilan, o‘quv yurtida esa qabul qilingan o‘quvchilar va to‘la o‘quv kursini tugatganlar soni bilan baholanadi.
Mehnat natijasini natura o‘lchovlarida o‘lchashda mehnatning o‘zini o‘lchash bilan bajarilgan ishni ajrata bilish kerak. Bajarilgan ish hajmi darslar, teatr tomoshalari soni bilan tavsiflansa, o‘quv yurt-larini bitirgan talabalar, zaldagi tomoshabinlar soni va boshqa ko‘r-satkichlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri natija deb hisoblanadi.
Pul o‘lchovi ijtimoiy sohada mehnat natijalarining universal o‘lchovi hisoblanadi, ular yordamidagi ko‘rsatkichlar u yoki bu natijaning mazmuniga umumiy bahoni o‘zida aks ettiradi.
Ijtimoiy sohada qiymat yaratilmaydi. Chunki bu sohalarning bir qismi mehnat natijalarining buyum shaklini oladi, xolos. Bu holatda umumiy, zaruriy xarajatlar qiymati to‘la shakllanmasligi sababli hisoblanmaydi. Chunki yuqoridagi ishlarni baholash yakka xarajatlarga yoki talab va taklif ta’sirida haqiqiy sotish bahosiga asoslanadi.
Ijtimoiy soha xodimlari mehnat natijalarining ko‘p qismi yuqo-rida ta’kidlaganimizdek, foydali samaradir. Uning tashkil topishi umu-miy, zaruriy mehnat xarajatlarining shakllanishi bilan tavsiflanadi. Lekin ijtimoiy sohada ular qiymat shaklini qabul qilmaydi. Chunki foydali samaradorlik qiymat tashuvchi sifatida tirik mehnatdan ajralgan holatda mavjud bo‘lmaydi.
Shunday xilib, xizmatni turli ko‘rinishda pul orqali o‘lchash mumkin. Birinchidan, xizmat ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlarini pul ekvivalenti sifatida o‘zida aks ettirilishini ko‘rsatadi. Bunda baholash qiymatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador emas va aniq shartli tavsif darajasini oladi. Bu usul turli korxonalar va tashkilotlarni yig‘ma ko‘rsatkichlari va natijalarini taqqoslashda juda ham qulaydir.
Ikkinchidan, xizmat tovar-pul aloqalari ob’ektiga tenglashayapti va pul qiymatini olayapti. Bunda pul bahosi ijtimoiy sohada xizmatni sotishdan kelgan qiymat darajasini aks ettiradi. Bu qiymat moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan va ijtimoiy soha bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmaydi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida natura va pul o‘lchovlari bilan bir qatorda, mehnat natijalarini vaqt o‘lchovlari ham qo‘llaniladi. Bunga birinchi navbatda, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish misol bo‘la oladi. 41
Madaniy oqartuv tashkilotlari, tomoshabinlar, teatrlar, turizm, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar aholiga xizmat ko‘rsatib,ularga maroqli dam olishga sharoit yaratib beradi. Bu korxonalar mehnat natijalarining tavsifi, shaxsning har tomonlama rivojlanish, dam olish, sport bilan shug‘ullanish va boshqa ehtiyojlarini qondirishdagi bo‘sh vaqtni “o‘zlashtirish” bilan izohlanadi. Bo‘sh vaqtni o‘zlashtirishni baholash aniq iste’mol qilingan mashg‘ulot darajasiga bog‘liq.
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichi milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromad-bu moddiy ishlab chiqarish natijasidir. Moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishda hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
Aholining turmush darajasiga kompleks baho berishda aholi tomonidan iste’mol qilingan xizmat hajmining statistik ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga egadir. Bu ko‘rsatkichlar pul shaklida ifodalanadi. Aholi tomonidan iste’mol qilingan xizmat hajmi va umumiy iste’mol qilingan moddiy ne’matlar va xizmatlar bularning asosi hisoblanadi. Ya’ni, ijtimoiy soha ba’zi tarmoqlarining xizmati pul bilan ifoda-lansa, yana boshqa tarmoqlari moddiy ne’matlarni buyum shaklida yaratadi.
Aholi tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatning umumiy hajmi savdo va umumiy ovqatlanishning yangi mahsulotini, aholini maishiy xizmatning ishlab chiqarish sohalariga, noishlab chiqarish turlariga qilgan xarajatlarini, aholini suv bilan ta’minlash tarmoqlarining yalpi mahsuloti, gaz, elektr quvvati, yo‘lovchilar transporti xarajatlari, aloqa xizmati, sog‘liqni saqlash tarmoqlarini, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot, ta’lim sohasidagi jamiyatlarni, san’at va madaniyat tarmoqlarini saqlash xarajatlari, alohida fuqarolar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar va h.k larni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy sohaning tarmoqlari aholiga pullik, bepul va engillik-lar berib xizmat ko‘rsatadi. Bularning saqlash xarajatlari aholi, davlat, korxona – tashkilotlar, jamoalar hisobiga olib boriladi. Ijtimoiy so-haning pullik xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarining xarajatlari aholi, korxona va tashkilotlar hisobiga, bepul xizmat ko‘rsatuvchi korxona, mak-tab va shu kabilar davlat byudjeti xarajatlari hisobiga olib boriladi



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling