Ijtimoiy soha va uning
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat
resurslarning bandligi Ijtimoiy sohaning mehnat resurslari jamiyatning harakatdagi mehnat resurslarining bir qismi hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibi, jamiyatning mehnat taqsimoti darajasi, rivojlanishining maqsadga yo‘naltirilgan vazifalari mamlakat mehnat resurslarini faoliyat sohalari bo‘yicha taqsimlashni shart qilib qo‘yadi. Moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar soni bilan ijtimoiy sohada bank bo‘lganlar soni taqqoslash xalq xo‘jaligini mutanosib rivojlantirishning asosidir. Ijtimoiy sohada bandlilik ikkita turli xildagi omillar guruhi bilan shartlanadi: 1) xodimlar soning o‘sishi, 2) ular sonining kamayishi bilan. Xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lganlar sonini kelajakda o‘sishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, mamlakatimizda kuchli iqtisodiy imkoniyatning mavjudligi, jamiyat mehnat unumdorligining yuqoriligi, bozor iqtisodi sharoitida ijtimoiy sohaning mukammallashuvi bu sohada band bo‘lganlar sonining o‘sish omillaridan hisoblanadi. Ikkinchidan, sohada band bo‘lganlar sonining o‘sishiga aholi ehtiyojining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xizmatiga aholining ehtiyoji ortib bormoqda. Bu madaniyatning o‘sishi va aholi ma’naviy ehtiyojining ortishi, umumiy va maxsus ta’limning zarurligi xalq salomatligini saqlashda, aholi dam olishining zamonaviylashishi va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishni ta’minlashda o‘z aksini topmoqda. Bozor iqtisodi sharoitida mamlakatimiz aholisining moddiy va madaniy hayot darajasi sifat jihatidan yangi ehtiyoj tarkibi bilan tavsiflanmoqda. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or ashyolari aholining birinchi ehtiyoji hisoblanadi, shuningdek ijtimoiy madaniy ehtiyoj ham birinchi navbatda qondirilishi lozim. Ijtimoiy soha o‘z vazifalariga ko‘ra turli xil tarmoqlardan tashkil topganligi sababli, unda band bo‘lgan xodimlarning malakasi ham turlichadir. Shuning uchun sohalar maxsus tayyorgarlikka, amaliy va nazariy bilimlarga ega bo‘lgan aniq mehnat faoliyatini olib boruvchi xodimlarning malakasiga ko‘ra asoslangan. Mehnatning bunday taqsimlash aniqlikni talab qiladi va o‘z o‘rnida xodimlarni mutaxassisligi bo‘yicha taqsimlashni shart qilib qo‘yadi. Malakalar umumiy belgilari bilan malaka guruhlarini tashkil qiladi. Bunday guruhlash aniq turdagi mehnatning bir guruh xodimlar tomonidan bajarilishini bildiradi. Xizmat ko‘rsatish sohasida bunday guruhlarga tibbiyot, madaniyat va san’at, fan va fan xizmati kabilarda bandlilik darajasi boshqa tarmoqlardagiga qaraganda yuqori. Iqtisodiy tahlil ijtimoiy sohada band bo‘lganlar sonining yildan yilga ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda. Moddiy ishlab chiqarish sohalari kabi bu sohalarda ham xizmat ko‘rsatish turlariga qarab mehnatda bandlilik tasnifi mavjuddir. Bu tasnifda rahbar xodimlar, mutaxassislar, muhandis va texnik xodimlar va ishchilar guruhlari farqlangan. Ijtimoiy sohaning ko‘pchilik tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan sohasidagi xizmatlar, madaniyat, san’at, boshqarish va h.k.) korxonaning asosiy ishini o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar bajarishi bilan (o‘qituvchilar, shifokorlar, boshqarish xodimlari, ilmiy xodimlar va boshqalar) tavsiflanadi. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga nisbatan ijtimoiy soha o‘z yo‘nalishi, bir sohaga maxsuslashuvi jihatidan o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli kadrlar bilan o‘z mehnat resurslarini qamrab olishda ancha ustunlikka ega, masalan, boshqaruv apparatida har mingta band odamga 650-700, sog‘liqni va xalq ta’limida 470-500 mutaxassis to‘g‘ri kelsa, moddiy ishlab chiqarishda bu ko‘rsatkich 200-250 kishini tashkil etadi. Chunki xizmat ko‘rsatish sohalarida asosiy ish turini bajaruvchilar mutaxassislardir. Shuningdek, ijtimoiy soha xodimlarining demografik tarkibi, ya’ni ishlovchilarning jinsi va yoshi bilan ham moddiy ishlab chiqarish sohalaridagidan bir muncha farq qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda sohada ayollar mehnatidan erkaklarnikidan ko‘ra ko‘proq foydalaniladi. Hozirgi kunda respublikamizda umumta’lim maktablarida o‘qituvchilarning deyarli 4 dan 3 qismini ayollar tashkil etadi.49 Yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, ijtimoiy sohada pensiya yoshidagi xodimlar boshqa sohalarga qaraganda ko‘proq mehnat qiladilar. Bu sohalar aqliy mehnatni ko‘proq talab qilgani sababli yuqori malakali xodimlar oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy ishlarda, boshqaruv tashkilotlarida pensiya yoshida ham ishlarini davom ettiradilar. Xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanishga keng yo‘l berilgan, shuning uchun ham bu sohalarda o‘rindoshlik sifatida mehnat qiluvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida sohalarning maxsuslashuvi ehtiyojidan kelib chiqadi. Chunki bu sohalarning ayrimlarida mavsumiy ishlar bajariladi, haftaning ba’zi kunlarida va sutkaning ba’zi soatlarida jonli mehnat talab qilinadi,bu esa har xil darajadagi malakali mehnat resurslariga ehtiyoj yaratadi. Shuning uchun ham ijtimoiy sohada ma’lum ish haqi evaziga o‘rindoshlik to‘liqsiz ishchi kunida soatbay ishlaydigan nafaqa yoshidagi kishilar, ayollar, talabalar, uy bekalari mehnatidan ham foydalaniladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling